Zenitteleskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zenitteleskop - zenit atrofidagi yulduzlarning zenitdan uzoqliklarini oʻlchashda qoʻllaniladigan astronomik asbob. Joyning kengligini aniklash uchun ishlatiladi. Teleskop azimutal qurilmaga oʻrnatilgan boʻlib, uning fokal tekisligiga okulyar mikrometr mahkamlangan. Z.t. ning ufqqa nisbatan holati 2 ta maxsus vaterpas (shayton) bilan nazorat qilinadi. Joyning kengligi ±0,10’ — ±0,15’ anikdikda topiladi. Oʻzbekistonda Astronomiya intining Kitobdagi filialida Bamberg va ZTL180 rusumli Z.t. ishlatiladi. Uning obʼyektiv diametri 180 mm, fokus masofasi 2360 mm. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil