Kontent qismiga oʻtish

Zaynuddin Mahmud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zaynuddin Mahmud (vaf. 925 h.q./1519 m.) – xattot, olim. Alisher Navoiyning tarbiyati va homiyligida faoliyat olib borgan. Sultonali Mashhadiyning shogirdi va kuyovi. Mirali Hiraviy qoʻlida ham tahsil olgan. Nastaʼliq xatida beqiyos boʻlgan. U koʻchirgan Nozim Hiraviy devoni Tehron davlat kutubxonasida, Abdurahmon Jomiy devoni Abdul Husayn Masʼud Ansoriy majmuasida, Bahrom Mirzo va Said Ahmad Mashhadiy muraqqalariga koʻchirilgan 16 qitʼa Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasida saqlanadi. U “Xulosat ul-axbor” (“Xabarlar xulosasi”) va “Mirʼot ul-olam” (“Olam oyinasi”) asarlarining muallifi ham hisoblanadi[1].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat.