Kontent qismiga oʻtish

Zaskar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zaskar — Himolay togʻlarining shimoli-gʻarbiy qismidagi togʻ tizmasi. Hindiston va Xitoy hududida. Uzunligi shimomi-gʻarbdan janubi-sharqqa 600 km. 6400 m balandlikda daralar bilan oʻyilgan keng platosimon yuza boʻlib, unda bal. 7800 m dan ortiq boʻlgan alohida choʻqqilar koʻtarilib turadi. 3. ohaktosh, qumtosh, slanets va granitdan tuzilgan. Janubiy yon bagʻrida 4000 m gacha oʻrmon, undan yuqorida alp va subalp oʻtloklari, togʻ tepalarida doimiy qor va muzliklar, shimolda dashtlar bor. Satlaj daryosi kesib oʻtadi. Vodiylarda dehqonchilik qilinadi. Korund konlari topilgan[1].

  1. „Zaskar“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Z-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.