Zaryadlash qurilmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zaryadlash qurilmasi 1) elektrotexnikada — akkumulyatorlar va kondensatorlar batareyasini zaryadlash uchun oʻzgarmas tok beruvchi agregat; zaryadlash generatori yoki toʻgʻrilagichli transformator, taqsimlash qurilmasidan iborat. Akkumulyator 3. q. davriy zaryadlash, uzluksiz va uzlukli zaryadlash, qoʻshimcha hamda qayta zaryadlashda qoʻllaniladi. Akkumulyator batareyalari zaryadlash toki sigʻimi va kuchlari tengligi alomatlari boʻyicha alohida guruxlarga yigʻiladi. Davriy zaryadlashda batareyalar ikki guruhga boʻlinadi va 3. q. ulardan bitta guruhini zaryadlaydi. Uzluksiz zaryadlashda ham nafuzka tarmogʻi taʼminlanadi, ham akkumulyatorlar batareyasi zaryadlanadi. Uzlukli zaryadlashda esa 3. q. muayyan vaqtning bir qismida nagruzkani taʼminlab, akkumulyatorlar batareyasini zaryadlaydi, vaqtning boshqa qismida kichik nagruzkada zaxirada boʻladi; bunda nagruzka zanjirini akkumulyatorlar batareyasi taʼminlaydi. Kondensator 3. q. kondensatorlarni normal rejimda zaryadlaydi. Toʻgʻrilagich 3. q. bir fazali kam quvvatli boʻlib, akkumulyatorlar batareyasini zaryadlashda kuchlanish transformatorning ikkilamchi chulgʻamidan toʻgʻrilab olinadi; 2) portlatuv i shl ari da 3. q. zaryad boʻshligʻini portlatuv moddalari (PM) bilan toʻldiradigan mexanizm yoki mashina. Ikki guruhga: tarkibida nitroefirlar yoki geksagenlar boʻlmagan patronlashgan PM bilan zaryadlash va granula (donador)langan PM bilan zaryadlash xillariga boʻlinadi. Birinchi guruhi yaxshi takomillashmaganligi va qimmatligi tufayli ishlatilmaydi. Ikkinchi guruhi konlar, shaxtalar, quduqlarni zaryadlashda qoʻllaniladi.

Sapi Majidov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil