Kontent qismiga oʻtish

Zarqogʻoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarqogʻoz, folga — 1) rangli, nodir, asl metallar va poʻlatdan tayyorlanadigan, eni 5–1000 mm va qalinligi 0,001—0,2 mm boʻlgan varaq yoki lenta zarqogʻoz joʻvali (valetsli) prokat stanlarida oʻrama (rulon) holida prokatlab chiqariladi. Prokatlab olish qiyin boʻlgan qattiq materiallar eritib olinadi. Oziqovqat mahsulotlarini oʻrashda, elektrotexnikada kondensatorlar tayyorlashda, termoizolyasiya va b. maqsadlarda ishlatiladi; 2) matbaada — bir tomoni maʼlum miqdordagi bogʻlovchi bilan ishqalangan va biror pigment bilan krplangan kalka yoki shaffof plyonka. Kitob muqovasiga presslab tasvir tushirishda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil