Zarifa Saidnosirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saidnosirova Zarifa (1908,31,9, Turkiston sh., Qozogʻiston — 1986. 16.8, Toshkent) — kimyogar olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1970). Kime fanlari nomzodi (1945). Birinchi oʻzbek ayol rassomi. Taniqli maʼrifatparvar S. Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi. Toshkentda "Pestolotssi" maktabi (1922—26), Navoiy nomidagi taʼlim-tarbiya texnikumi (1924— 36) va ayni paytda Rozanov tasviriy sanʼat studiyasi (1924—26)da oʻqigan. Soʻng Oʻrta Osiyo universiteti fizikamat, fakultetining kimyo boʻlimini tugatib (1926— 30), oʻrta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, mat. va kimyo fanlaridan dars bergan. Qishloq xoʻjalik institutida oʻqituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930—86), Toshkent tibbiyot institutida oʻqituvchi (1932—37), Oʻquvpedagogika nashriyotida muharrir (1934—35). Oʻrta maktablar va texnikumlar uchun "Kimyo" darsligi (1933) muallifi. S, pedagogik faoliyatidan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruschaoʻzbekcha lugʻati ustida ilmiy ish olib borgan. S. Oybek adabiy merosini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qoʻshgan. U adibning oʻzbek tilidagi 2 jildlik "Mukammal asarlar toʻplami" (1975—85)ni, rus tilidagi 5 jildlik "Asarlar"i (1985— 87)ni nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy sanʼatga oid ishlari Oybek uymuzeyida saqlanadi.

Manbalar[tahrir]

  • Ximiyadan ruscha-oʻzbekcha qisqacha izohli lugʻat (hamkorlikda) T., 1975; Oybegim mening (xotiralar), T., 1994.