Zarif miskar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarif miskar (1800, Buxoro ?) — atoqli qoʻgʻirchoqboz. Yoshligida raqqoslik qilgan, keyinroq surnaychi (mehtar) sifatida qoʻgʻirchoqbozlar bilan tomosha koʻrsatgan, baʼzan masharabozlik ham qilgan. taxminan 19-asrning oʻrtalarida Oʻrdaga ishga taklif etilib, Buxoro amiri saroyidagi qugʻirchoqbozlar hamda raqqoslar toʻplariga rahbarlik qilgan. Ip bilan oʻynatiladigan "Chodir xayol" qugʻirchoq teatri ustasi sifatida tanilgan. Ayniqsa "Sarkardalar" tomoshasi katta muvaffaqiyat qozongan. Mashhur qoʻgʻirchoqboz Doniyor qoʻgʻirchoqboz ham Z.m.ning shogirdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil