Zardevor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zardevor — kashta tikib bezatiladigan badiiy buyum; uy bezagi. Eni 40— 70 sm, uzunligi uy devorini qamrab oladigan qilinadi. Uy devorining yuqori qismiga shiftga taqab gir aylantirib qoqiladi. Baxmal, sidirgʻa shoyi, satinga yoʻrma, bosma, ilma choklarda rangbarang ipaklar, zar ip Zardevor bilan qoʻlda kashta tikib, gajim tutib bezatiladi. Bezak mujassamotini oʻsimliksimon naqshlar tashkil qiladi: gul, shoxchalardan tuzilgan bir maromda takrorlanuvchi mehroblar qatori hoshiya naqsh bilan oʻralgan. Qizlarning sepiga kirgan Z.ni qadimdan xonadonlarda xotinqizlar tayyorlagan, hozir badiiy buyumlar fkalarida (mas, Toshkent, Andijon va b.da popop mashinalarida ham kashta tikib) ishlab chiqariladi. 19-asr oʻrtalari 20-asr boshlarida Samarqand, Toshkent, Surxondaryo va b. joylarda tayyorlangan Z.lardan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil