Zarbiy toʻlqin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarbiy toʻlqin – tovush tezligi dan katta tezlikka ega jiyemning yoki zichligi, bosimi va temperaturasi keskin yuqori boʻlgan muhit qatlamining harakati taʼsirida muhitda paydo boʻladigan toʻlqin. Portlash va detonatsiya natijasida jismlar yoki jism qatlamlari tovush tezligidan katta tezlikda harakatlanganda, lazer (yoki elektron) nuri fokusida va h. k.da hosil boʻladi. Zarbiy toʻlqin natijasida moddalarning zichligi, bosimi va temperaturasi keskin oshib ketadi. Zarbiy toʻlqin fronti orqasidan atmosfera bosimidan katta bosimli siqilgan xavo (suv, tuproq) qatlami, bular orkasidan esa atmosfera bosimidan kichik bosimli siyrak havo (suv, tuproq) qatlami harakatlanadi. Zarbiy toʻlqin siqilgan havo qatlamidan tezroq siljiydi, vaqt oʻtishi bilan Zarbiy toʻlqin harakati susayadi, bir ozdan soʻng tezligi tovush toʻlqini tezligiga baravarlashadi. Atom bombasi portlaganda hosil boʻladigan Zarbiy toʻlqin bunday qurolning asosiy shikastlovchi omili hisoblanadi. Maye, trotil ekvivalenta 20 ming t boʻlgan bomba portlaganda hosil boʻladigan Zarbiy toʻlqin 4 km naridagi binolarni vayron qilishi, jangovar texnikani yoʻq qilishi yoki ishdan chiqarishi mumkin. Bunday Zarbiy toʻlqin 1,5 km naridagi kishilar va hayvonlarni ham shikastlaydi. Oddiy himoya vositalari (okoplar, blindajlar, oʻrmonlar) Zarbiy toʻlqin taʼsirini ancha kamaytiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil