Zarar (huquq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarar (huquqda) — bir shaxsga ikkinchi bir shaxsning huquqbuzarligi tufayli yetkazilgan pul shaklidagi ziyon. 3. deganda, birinchidan, kreditorning sarfharajati, ikkinchidan, uning molmulkining yoʻqolishi yoki unga shikayet yetkazilishi va uchinchidan, qarzdor majburiyatnch lozim darajada bajarganida olishi mumkin boʻlgan daromad (olinmagan foyda) tushuniladi. 3. moddiy va maʼnaviy koʻrinishda boʻladi, Moddiy 3. — shaxsning molmulkiga, maʼnaviy 3. esa — shaxsga, uning hayoti va sogʻligʻiga, ishchanlik obroʻsiga putur yetkazishdan iborat. Qonunchilikda Z.ni toʻla hajmda qoplash tamoyili amal qiladi. Odatda, qarzdorning aybi boʻlgan hollardagina 3. undiriladi. Konun ayrim turdagi majburiyatlar boʻyicha qarzdorning javobgarligini cheklashi mumkin. Masalan, saqlash uchun topshirilgan mulk yoʻqolganda, kamomad yoki shikayet yetkazilganda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, saqlovchi mulk egasiga olinmagan foydani toʻlashi shart emas. Yuk yoʻqolganda yoki kamomad boʻlganda, transport tashkiloti faqat uning haqiqiy narxini toʻlashga majbur, agar yukka shikayet yetkazilgan yoki buzilgan boʻlsa — faqat uning kamaygan qiymati toʻlanadi. Maʼnaviy 3., toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy Z.dan qati nazar, pul bilan qoplanadi, uni qoplash miqdori sud tomonidan aniklanadi. 3. va uni qoplashning huquqiy jihatlari Oʻzbekiston Respublikasining FK va JK ning tegishli moddalarida belgilangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil