Zarafshon trakti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarafshon trakti — Oʻzbekistondagi yirik avtomobil yoʻli, Samarqand — Ashxobod avtomobil yoʻlining bir qismi. Zarafshon vodiysining asosiy transport magistrali. Samarqand—Kattaqoʻrgʻon—Navoiy—Buxoro—Qorakoʻl—Olot—Turkmaniston chegarasi yoʻnalishida oʻtadi. 1933—37 yillarda qurilgan. 1965 y.dan qora qorishmali qoplama yotqizilgan. Umumiy uz. 365 km, uning 62 km sementbetonli, 289 km asfaltbeton va 14 km qora qoplamali. Yoʻlning 297 km I toifaga, 57 km II toifaga, 11 km III toifaga kiritilgan. Yoʻlda 2098 m uzunlikdagi 62 koʻprik, 14578 m uzunlikdagi 668 dona kuvur inshootlari bor. 3. t. orqali xalq xoʻjaligining barcha turdagi yuklari va yoʻlovchilar tashiladi. Qatnov jadalligi sutkasiga 10—15 ming avtomobilga yetadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil