Zarafshon koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zarafshon koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uchtepa
Uzunligi 2 km
Koʻchada joylashgan binolar „Gulbahor“ bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohi
„Oʻrikzor“ boshbekati

Zarafshon koʻchasi — Uchtepa tumanining „Oʻrikzor“ mahallasi hududidagi markaziy koʻchalardan biri. XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Uzunligi 2 km atrofida.

Samarbonu va Navo koʻchalari oraligʻida joylashgan. Tarkibida 7 ta tor koʻcha bor. Bositxon, Farnux, Saxovat va Dilafkor koʻchalarini kesib oʻtadi. Dastlab Toshkent viloyati Zangiota tumani hududiga qaragan. 1992-yil poytaxt hududiga oʻtkazilgan[1].

Yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, „Gulbahor“ bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohi, avtobus bekatlari, savdo shoxobchalari, maktab, bogʻcha va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari mavjud. Koʻcha oxirida avtobus va marshrutli taksilar „Oʻrikzor“ boshbekati joylashgan. Yaqinida „Karvon bozori“ yopiq hissadorlik jamiyati, Qoraqamish va Quyi Boʻzsuv kanali hamda Toshkent avtomobil halqa yoʻli bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.