Zarafshon arxeologiya ekspeditsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarafshon arxeologiya ekspeditsiyasi — Buxoro vohasidagi arxeologik yodgorliklarni tadqik etish maqsadida tuzilgan dastlabki ilmiy ekspeditsiya (1934, 1939—40). Qad. yodgorliklarni saqlash Oʻzbekiston komiteti, Davlat Ermitaji, Moddiy madaniyat tarixi instituti tomonidan tashkil etilgan bu ekspeditsiyaga A. Yu. Yakubovskiy rahbarlik qilgan. Unda M. M. Dyakonov, V. A. Shishkin, T. Mirgʻiyosov, V. Yu. Kesayev va b. qatnashgan. 1934-yil Buxoro bilan Samarqand oʻrtasidagi qad. karvon yoʻlida arxeologik qidiruv ishlari oʻtkazilgan va bu yoʻl yokasida joylashgan soʻnggi antik hamda ilk oʻrta asr yodgorliklari: Qiziltepa, Shohshahidon, Shahrivayron, Abumuslimtepa, Boʻrixona, Ganchxona, Hazora, Dingak va b. yodgorliklar tadqiq etilgan, shuningdek, Kampir devor qoldiklari oʻrganilgan. 1939—40-yillar 3. a. e. Poykand sh. harobalari topografiyasini oʻrgandi, ark va shahristonda dastlabki qidiruv ishlari olib bordi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yakubovskiy A. Yu., Arxeologicheskaya ekspeditsiya v Zaravshanskuyu dolinu v 1934 g .; Trudi Otdeleniya Vostoka Ermitaja, t. 2, L., 1940; Yakubovskiy A. Yu., Kratkiy polevoy otchet o rabote Zaravshanskoy arxeologicheskoy ekspeditsii Ermitaja i IIMK v 1939 g .; Trudi Otdeleniya Vostoka Ermitaja, t. 2, L., 1940.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil