Zarafshon (olma navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zarafshon - ertapishar mahalliy olma navi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot intining Samarqand filialida geografik uzoq boʻlgan Landsberg reneti bilan Samarqand ertagisi navlarini chatishtirib chiqarilgan (V. V. Kuznetsov, A. A. Leplinskaya). Daraxti oʻrta boʻyli, shox-shabbasi keng , tana shoxlari yoʻgʻon. Koʻchati oʻtqazilgach, 4-5-yili hosilga kiradi. Martning oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (110—150 g), keng konussimon, sirti tekis, qizgʻish. Eti oq, nafis, sersuv, mayda urugʻli, xushxoʻr, hidi yoqimli. Tarkibida 13% quruq modda, 9,6% qand, 1,1 % kislota, 1,49 mg% vitamin S mavjud. Mevasi iyul boshida pishadi. Tupidan 100—120 kg hosil olinadi. Sovuqqa chidamli. Asosan, tomorqa yerlariga ekiladi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklar uchun tavsiya etilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil