Zaporojye sechi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zaporojye sechi - 16-18-asrlarda ukrain kazaklarining Dnepr ostonalari ortidagi tashkiloti. Asosiy istehkom — Sech nomidan olingan. 1654 y.gacha kazaklar "respublikasi" boʻlib, uning yuqori organi Sech radasi hisoblangan. Qoʻshboshi ataman tomonidan boshqarilgan. Qoʻsh (qoʻshin)larga boʻlingan. Qrim xonligi, Usmonli turk saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurash olib borgan.

16—17-asrlarda ukrain xalqining ozodlik kurashida katta rol oʻynagan. 1709 y. "Eski Sech" deb atalmish tashkilot tugatilgan, 1734 y. hukumat tomonidan "Yangi Sech" deb atalgan tashkilot tashkil etilgan; 1775 y. tugatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil