Zanjabildoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zanjabildoshlar (Zingiberaceae) — bir pallalilar sinfiga mansub yoʻgʻon ildizpoyali yoki tugunak ildizli koʻp yillik oʻtlar oilasi. Poyasi juda qisqa yoki boʻlmaydi, novdasining rivojlangan qismi soxta poya vazifasini oʻtaydi. Barglari yirik, nashtarsimon, ochiq qinli, tilchali, ikki qator joylashgan. Toʻpguli boshoqsimon yoki roʻvaksimon. Gullari zigomorf, qoʻsh gulqoʻrgʻonli, ikki jinsli, baʼzan ayrim jinsli va ikki uyli. Kosacha va tojbarglari uchtadan. Changchisi bitta, qolganlari reduksiyalangan. Tugunchasi ostki, bir yoki uch uyali, toʻgʻri urugʻkurtakli. Mevasi koʻpincha uch pallaga ajraladigan koʻsakcha yoki rezavormeva. 1300 turni oʻz ichiga olgan 45 turkumi bor. Asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Jan. va Sharqiy Osiyoda ham uchraydi. 3. yer osti tanasining hamma qismida efir moyi bor. Zanjabil, kardamon, kalgan va b. turlaridan ziravor olinadi, oshlovchi va boʻyoq moddalar tayyorlanadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil