Zangezur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Zangezur uyezdi

Zangezur — Armaniston va Ozarbayjon hududlarining biq qismini qamrab olgan tarixiy viloyat. Zangezur viloyati Gafan, Gorus, Karakilsa (Sisian), Mugru, Zengilan, Gubadli va Lachinni qamrab oladi. XX asrning boshlarida Zangilan viloyatida 149 ozarbayjon qishlogʻi, 91 qurd qishlogʻi va 81 arman qishlogʻi boʻlgan.[1]

Toponim oxirida „zur“ qoʻshimchasi turkiy tilda „jarlik“, „vodiy“ maʼnosini bildiradi va bu „jar“ („zar“ „zur“) soz’ining fonetik variantidir.

Tabiat[tahrir]

Gʻarbdan Zangezur, sharqdan Qorabogʻ bu qadimiy viloyatni qamrab olgan. Zangezur yerlaridan Bazarchay daryosi oqib oʻtadi. Zangezur togʻ tizmasi va Qorabogʻ togʻ qiyaligi orasida joylashgan. Shu sababli bu hududni zangi vodiysi deb atashadi. Bu togʻ tizmasi butun Zangezur viloyati, Tartar va Arpa daryolarining yuqori qismi boʻylab oʻtib, Araz daryosigacha yetadi. Uzunligi tahminan 130 km, balandligi — 3904 metrni tashlik qiladi.

Tarix[tahrir]

Chor Rossiyasi davrida u Yelizavetpol guberniyasi tarkibida boʻlgan

Chor Rossiyasi davrida u Yelizavetpol guberniyasi tarkibida boʻlgan. 1905-1907 va 1914-1920 yillarda qurollangan armani guruhlarining vaxshiy harakatlari natijasida bu viloyatda yarim millionga yaqin aholi qirib tashlandi. Oʻsha davrda Zangezurda 115 ozarbayjon qishlogʻi yoʻq qilindi. 4472 ayol va bolalar qurollangan armanilar tomonidan vahshiylarcha oʻldirildi.

Usmoniylar saltanati bilan tuzilgan kelishuvga koʻra viloyat Fevral inqilobidan soʻng tashkil topilgan Armani Demokratik Respublika hududiga kirmagan. Lekin ushbu kelishuvni tan olmagan Andranik Ozanyan Usmoniylar armiyasidan qochib ketib, armani qurollangan guruhlari koʻzga koʻrinmagan vaxshiyliklar sodir qilib, bu viloyatni bosib oldi.

Usmoniylar armiyasi Ozarbayjonni tark etganidan soʻng, Mudross sulhi asosida inglizlar, AXS tarkibida tashkil etilgan Qorabogʻ general-guberniyasini tan olishdi, va Shusha, Djavanshir, Djebrail uyezdlari bilan birga bu yerga Zangezur uyezdi ham kirdi. Andranik viloyatni tark etdi, lekin uning armiyasi hududning bir qismini oʻz tasarrufida qoldirdi. Mamlakat hududi dahlsizligini taʼminlash maqsadida Ozarbayjon Xalq Respublikasi Mamlakati Zangezurga armiyasning bir qismini yuborishga ahd qildi. Shu maqsad bilan 1919 yilning 30 oktabirida harbiy vazirlik mahsus Zangezur guruhini yaratdi. Guruh rahbari etib 1 suvoriylar diviziyasi komandiri, general — mayor Djavad bek Shixlinskiy tayinlandi. Guruh 30 oktabr kuni Xankendidan Zangezur yoʻnalishi boʻylab harakatini boshladi. Turli yoʻnalishlarda yashaydigan birinchi, oʻng va chap guruhlar Dig viloyatiga borishi kerak edi. Digni Armani qurolli kuchlaridan tozalanishi, Qorabogʻ va viloyatga olib boruvchi strategik yoʻlni nazoratga olish bilan katta ahamiyatga ega edi. Shixlinskiy guruhi boshligʻi qarori bilan birinchi guruh 3 noyabr kuni hujumni boshladi, guruhning suvoriylar boʻlimi 2 zambarak bilan Sultanlar qishlogʻidagi harbiy ishlardan avvalgi holatni egallashi kerak edi, boshqalar esa Sadinlar qishlogʻi yoʻnalishi tomon harakat qilib, u yerda harbiy vaziyatdan avvalgi holatni egallashi kerak edi. Hujum vaqtida guruhning oʻng himoyasi Sultan bek Sultanov boshqaruvi ostida mahalliy partizanlarga topshirildi. Dig yoʻnalishidagi janglar Ozarbayjon harbiy qismlari uchun muvafaqiyatli boshlandi, lekin uni ushlab qola olmadilar.

1920 yilning 28 aprelida Ozarbayjonda Sovet boshqaruvi oʻrnatilganidan soʻng, viloyatning katta qismi amalda Armani kuchlari nazoratida boʻlgan. Shuningdek, Qorabogʻning togʻli qismida armani qurolli kuchlarining hujmlari davom etdi. 1920 yilning 30 apreldagi notada Ozarbayjon SSR davlati (Vahtinchalik Inqilob Qoʻmitasi) Armanistondan oʻz qurolli kuchlarini Zangezur va Qorabogʻdan olib chiqishini talab qildi.

1920 yilning 10 avgustida Rossiyaning Kavkaz byurosi KP (b), Ozarbayjonning Bolsheviklar boshqaruvi ruhsatisiz, Naxichevonning Sharur-Daralayaz viloyatini Armanistonga berish haqida qaror chiqardi, Qorabogʻ va Zangezur esa Ozarbayjon va Armaniston orasida „bahsli hudular“ deb eʼlon qilindi. 1920 yilning 29 noyabirida Armanistonda sovet hukumati oʻrnatilganligi haqida eʼlon qilindi, lekin viloyatlarda dashnoqlar boshqaruvi hali tarqalmagan edi.

Zangezurni Armanistonga berilishi Ozarbayjonning Siyosiy va Tashkiliy Byurosi SKKP (b) umumiy majlisidagi qaror bilan qabul qilingan.[2] Unda Zangezur viloyatini 2 qismga: Gʻarbiy Zangezur uyezdi va axolisini qurdlar tashkil qilgan Sharqiy — Qurd uyezdiga boʻlinishi haqida qaror qabul qilingan.[3] Natijada, 6.742 kv verstni tashkil qilgan[4] Zangezur uyezdining 3.105 kv. Versti Ozarbayjon tarkibida qoldi va 3.637 kv. Verst Armanistonga berib yuborildi.[2][5]

1988 yilda faqatgina Zangezurda yashaydigan aholi emas, balki Gyoche, Daralayaze, Irevandagi aholi ham oʻz ajdodlari yerlaridan haydaldi. Ommaviy terror qilingan ozarbayjonliklarning soʻnggi vakillari Zangezurni tark etishga majbur boʻlishdi, qolib ketgan modiy-madaniy obidalar armanilar tomonidan vayron qilindi.

Zamonaviy Ozarbayjon Respublikasi, bu yerlarni oʻz hududi deb hisoblab, Armaniston Respublikasiga qarshi bu yerlarga boʻlgan daʼvosini keltira olmadi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev oʻz soʻzlarida „Ajdodlarimiz yerlari boʻlmish Irevon xonligi, Zangilon okrugi va boshqa yerlar hozirda Armaniston davlati yerlariga aylandi“ deb taʼkidladi. „Ular bizning tarixiy yerlarimiz, lekin biz Armanistondan bu yerlarni daʼvo qilmayapmiz, vaholanki biz bunga haqlimiz. Zeʼro, Armaniston joylashgan hudud — qadimiy turkiylar, Ozarbayjonliklar yeridir“.[6]

Qishloqlar[tahrir]

XX asr boshlarida Zangezur okrugida 149 ozarbayjon, 91 qurd va 81 armani qishloqlari mavjud edi. 1905-1907 va 1914-1920 yillarda, arman dashnoqlari tomonidan sodir etilgan bu okrugdagi qirgʻinlar natijasida, koʻp sonli ozarbayjonlar vafot etdi. Shu davrda armanilar Zangezurdagi 115 qishloqni yoʻq qilib, 4472 ayol va bolalarni vahshiylarcha oʻldirishdi.[1]

Masjidlar[tahrir]

1915 yilda Zangezur va Irevan guberniyalari hududida 382 shiitlar va 9 suniylar masjidi boʻlgan. 1904 yilda Irevan guberniyasida masjidlarni oshish dinamikasi 201 ni tashkil qilgan, 1911 yilda esa — 342, va 1915 — 382 ni tashkil etgan. Okrugdagi bunday koʻpayish dinamikasi musulmon aholi tez koʻpayishi va ozarbayjon diniy ulamolari bu hududda kuchli nufuzga ega ekanligidan darak bergan. Masjid filiallari Zangezur, Sheki, Vagudi, Mardxuz, Garag, Saldash, Karkyal, Agbes, Agbag, Gadjiami, Balligaya, Karkas, Charali, Xarchmagli, Dashtekerd, Galachig, Djidjimli 1, Djidjimli 2, Garoachali, Seidlar, Mollalar, Taza Kilsa, Nardjan, Zor, Afandilyar, Pasan, Xurtekes, Gadjigambar, Garabaglar, Demirchilar, Dondarli, Kurdalug, Uladjli, Saradjli, Darzili, Oxchi va Kagalar qishloqlarida ishlardi. Jami Irevan guberniyasining Echmiedzin uyezdida 36 ta masjid, Murmali uyezdida — 47, Sharur — Daralayaz uyezdida — 63 ta, Novobayazed uyezdida — 14 ta, Ireva uyezdida — 54 ta maxalla masjidlari ishlagan. Bu masjidlarda tugʻilganlik, oʻlgan, nikoh va ajrimlar haqida yozuvlar olib borilgan. Har bir maxalla mullasi gubernator tomonidan tayinlangan. XX asrning boshlarida Irevan shahrining oʻzida Gadim Shahar, Djame, Gadji Novruzalibek, Mirza Sharifbek, Gadji Djafarbek masjidlari ishlagan. Djami Irevan masjidi kompleksida madrasa binosi boʻlgan. Bunday tarixiy obidalarning aksariyati armanilar tomonidan vahshiylarcha yakson qilindi, yoki ularning kelib chiqishi oʻzgartirildi.

Havolalar[tahrir]

  • Alekperli, Aziz Qadimiy turkiy – og’uz vatan «Armaniston» (Azerbaijani). Boku: Sabax, 1994.. 
  • Bayramov, Ibrohim G’arbiy Ozarbayjonning turkiy kelib chiqishi toponimi (PDF) (Azerbaijani), Boku: «Elm» nashriyoti — s. 696. 
  • Ragimogli, Хаbib Unutilmas ismlar, bitmas yaralar (Azerbaijani). Boku: Azerneshr, 1997.. 
  • Armanistonda Ozarbayjonchadan kelib chiqqan toponimlarning tushuntirishli lug’ati (Azerbaijani). Boku: Oguz eli, 1998.. 
  • Armanistonlik ozarbayjonlarning tarixiy geogragfiyasi (Azerbaijani). Boku: Gyandjlik, 1995.. 
  • Aliyev, Vilayat Zangezurda qoldirilgan izlar (PDF) (Azerbaijani), Boku: Nurlan, 2004.. 
  • Guliyev, Мusa Zangezur (PDF) (Azerbaijani), Boku: Ilmiy – Poligrafik Markaz “Nurlar”, 2005. — s. 504. 

Shuningdek, qarang[tahrir]

Xorijiy oʻtishlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 "III Statisyik ma’lumotlar bo’limi", 1990 yilga Kavkaz yilnomasi (Russian), 1900. — s. 42-43. , Kavkaz aholisining oilalar ro’yhatidan olingan statistik ma’lumotlar to’plami (Russian), 1888. — s. V. 
  2. 2,0 2,1 Yoʻqolgan tarixiy maskanlar: Zangezur, archived from the original on 2011-07-25, https://web.archive.org/web/20110725025408/http://azerbaycanli.org/az/page604.html, qaraldi: 2017-03-27 
  3. Мusaev, Ismayil Ozarbayjonning Naxichevan va Zangezur viloyatlaridagi siyosiy ahvol va xorijiy mamlakatlar siyosati (1917-1921 yillar) (Azerbaijani), 1998. — s. 284. 
  4. Skibitskiy, А.М.. Qorabog’ inqirozi (Russian), Soyuz (1991)., Geydarov, Nazar Zangezur tog’larida (Azerbaijani), 1986. — s. 3. 
  5. Zangezur yoʻqotilganidan 90 yil keyin, archived from the original on 2011-07-06, https://web.archive.org/web/20110706130839/http://mediaforum.az/articles.php?lang=az&page=00&article_id=20101201043838800, qaraldi: 2017-03-27 
  6. Azerbaijan President message to Armenia