Zambiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zanbildan yoʻnaltirildi)

Zambiy, zambar, zanbil — 1) yuk (gʻisht, tosh, shagʻal, goʻng va b.) tashiladigan xoʻjalik va kuril ish asbobi; toʻqima 3. va taxta 3. turlari bor. Toʻqima 3. yasashda 2 m cha uzunlikdagi ikki parallel xodachani 80—100 sm oralikda oʻrnatib, unga tut, tol xipchini toʻqib chiqiladi. Taxta 3. uchun parallel reykalar oʻrtasiga taxta qoqiladi. Z.da yukni ikki kishi tashiydi. Z.ning zambilgʻaltak turi ham bor. Uning torroq boʻlgan old tomoniga gʻaltak (gʻildirak) oʻrnatiladi. Zambilgʻaltak Z.ga nisbatan qulay va yengil, unda yukni bir kishi tashiydi; 2) bemor (yarador) larni davolash muassasasiga eltishda ishlatiladigan moslama. Bunday 3., odatda, sanitariya Z.i deb ataladi. Uni ikki kishi koʻtaradi; 3) zilday ogʻir, zil kabi majoziy maʼnolarda ham ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil