Zambiy
Zambiy, zambar, zanbil yuk (gʻisht, tosh, shagʻal, goʻng va b.) tashiladigan xoʻjalik va kurilish asbobi, toʻqima zambil va taxta zambil turlari bor. Toʻqima zambil yasashda 2 mcha uzunlikdagi ikki parallel xodachani 80—100 sm oralikda oʻrnatib, unga tut, tol xipchini toʻqib chiqiladi. Taxta zambil uchun parallel reykalar oʻrtasiga taxta qoqiladi. Zambilda yukni ikki kishi tashiydi. Zambilning zambilgʻaltak turi ham bor. Uning torroq boʻlgan old tomoniga gʻaltak (gʻildirak) oʻrnatiladi. Zambilgʻaltak zambilga nisbatan qulay va yengil, unda yukni bir kishi tashiydi. Bemor (yarador) larni davolash muassasasiga eltishda ishlatiladigan moslamalari ham mavjud. Bunday zambillar odatda, sanitariya Z.deb ataladi. Uni ikki kishi koʻtaradi. Zilday ogʻir, zil kabi majoziy maʼnolarda ham ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |