Zamsha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zamsha (nem. Samisch Leder) — qoʻy, bugʻu va togʻ echkisi terisidan formaldegidmoy bilan oshlab tayyorlanadigan charm. Mayin va yumshoq boʻladi, suv oʻtkazmaydi. Turli rangga boʻyash mumkin. Boʻyalmagani och sariq rangda. 3. serkovak va yengil boʻlib, poyabzal, qoʻlqop va b. tayyorlashda, benzinni tozalashda, optik shishalarni artish va b. maqsadlarda ishlatiladi. Toʻqima 3. ham bor. U atlasga oʻxshab toʻqilgan movut. Undan sport kiyimboshlari, kurtka va b. tikiladi. Sunʼiy 3. zamshga oʻxshash tukni matoga rezina yelimi bilan shimdirib yoki matoga rezina yelimi surkalib, ustiga maydalangan ipgazlama tolalari sepilib tayyorlanadi. Sunʼiy Z.dan poyabzal va attorlik buyumlari tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil