Zamindori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zamindori - 18-asr oxiri 19-asrlarda ingliz mustamlakachilari tomonidan Shim., Sharqiy va Markaziy Hindistonda joriy etilgan yer soliq tizimi. Yer egalarining yuqori tabakasi, zamindorlarnmng merosxoʻrlik huquqlarini mustahkamlagan. Mustamlaka hokimiyati yerning oliy egasi hisoblangan. Doimiy 3. (mustamlaka hokimiyati foydasiga undiriladigan yer soligʻi abadiy qilib belgilangan) va muvaqqat 3. (yer soligʻi har 20—40 yilda qayta kurib chiqilgan) farqlangan. Hindiston va Sharqiy Pokiston (1971 yildan mustaqil Bangladesh respublikasi)da 20-asr 50y.larda oʻtkazilgan islohotlar natijasida yer rentasi berish huquqi davlat ixtiyoriga oʻtdi, bu bilan yirik yer egalarining ijtimoiyiqtisodiy mavqei pasaygan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil