Kontent qismiga oʻtish

Zalla Zarana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zalla Zarana
Tavalludi
Rozalija Sršen

16-iyul 1897-yil
Žužemberk, Avstriya-Vengeriya
Vafoti 12-iyul 1967-yil(1967-07-12)
(69 yoshda)
Los-Anjeles, AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1917-1928-yillar
Turmush oʻrtogʻi Theodore G. Lohman

Zalla Zarana, tugʻilgan Rozalija Sršen (1897-yil 16-iyul1967-yil 12-iyul) — amerikalik aktrisa. U Gollivudda muvaffaqiyat qozongan birinchi sloveniyalik aktrisa hisoblanadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zarana 1897-yil 16-iyulda Avstriya-Vengriya imperiyasining Quyi Karniola viloyatidagi Juzemberk shahrida tugʻilgan[1][2]. U oʻn yetti yoshida Amerika Qoʻshma Shtatlariga joʻnab ketdi va San-Fransiskodagi xolasinikiga koʻchib oʻtdi. Zarana ingliz tilini, matn terish va buxgalteriya hisobini oʻrganish uchun tungi mashgʻulotlarga bordi. U 1917-yilda Germaniyada tugʻilgan doʻsti Izabel Grenner bilan Los-Anjelesga bordi va aktrisa boʻlish uchun harakat qila bosjladi. U „The Flame of the Yukon“ filmida ispan raqqosi rolini oʻynadi hamda bir oz muvaffaqiyatga erishdi. Zarana gʻarbda William S. Hart bilan ikkinchi darajali rollarni oʻynab yurgan. 1922-yilda Jack Hoxie bilan birga „Back Fire“ va „Silver Spurs“ filmlarida Lester Kuneo rolini oʻynagan. U ekzotik qahramonlar, raqqosalar va vamplar kabi rollarni afzal koʻrgan hamda 20 tadan ortiq shunga oʻxshagan filmlarda rol ijro etgan. Uning karyerasi juda ham kamtarona edi. Biroq, Stan Laurel va Gary Cooper kabi mashhur yulduzlar bilan sahnalarda birgalikda rollar oʻynagan. Erich von Stroheim rejissyorligidagi „The Merry Widow“ filmida Mae Murrayning yorqin doʻsti kabi mashhur rollarni oʻynadi. Ovozli filmlar paydo boʻlishi bilan u ekranni tark etdi va 1930-yilda turmushga chiqdi. U vaqti-vaqti bilan sahna asarlari uchun pyesalar yozib turdi[3].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "New York Passenger Arrival Lists (Ellis Island), 1892-1924", database with images, FamilySearch (https://familysearch.org/ark:/61903/1:1:JJ79-DY6 : 16 August 2019), Rosalie Sersen, 1914.
  2. „Vital Records“ (1930-yil 22-oktyabr), s. 23. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.
  3. Nose, Rok. „Iz Žužemberka odšla med zvezde Hollywooda“. Dolenjski list (2017-yil 24-iyul), s. 17. Qaraldi: 2020-yil 25-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]