Kontent qismiga oʻtish

Zaki Sattarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zaki Sattarov
Zaki Qiyomovich Sattarov
Tavalludi 1904-yil
Vafoti 1938-yil 13-oktyabr
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 19221938

Zaki Sattarov (1904-yil, Samarqand – 1938-yil, Toshkent) — „Lenin yoʻli“ gazetasi muharriri. Stalin davri qatagʻoni qurboni boʻlgan.

Zaki Sattarov 1904-yilning 15-martida Abdri qishlogʻida tugʻilgan. Millati tatar. Oʻrta maʼlumotga ega. 1922-yilda Samarqand shahridagi maktab internatning 4-sinfini tugatgan. 1922-yilning martidan 1923-yil yanvar oyiga qadar saraboshlik Bobomurod xalfa qoʻlida batrakchi sifatida ishlagan. Undan soʻng Dovul volostidan boʻlgan Imomnazar Bobonazarboy qoʻl ostida xizmat qilgan. 1923-yilning 1-noyabridan boshlab 1925-yilning 10-oktyabriga qadar Iskandar qishlogʻidagi urugʻchilik xoʻjaligida mehnat qilgan. 1925-yildan boshlab bir yil davomida Boku shahrida temiryoʻl qurilishida, Samarqandga qaytgandan keyin 1927-yilgacha Kattaqoʻrgʻon uyezdida joylashgan Chimboy volosti ijroiya qoʻmitasining Qoraqursak qishlogʻidagi mas‘ul kotibi boʻlib ishlaydi[1].

1930-yildan 1932-yilgacha Narpay tumanida Mirbozor kolxoz ittifoqi raisi boʻlib ishlagan. Shu yilning dekabr oyiga qadar Kattaqoʻrgʻon tumani boʻyicha shikoyatlarni qabul qiluvchi mudir boʻlib ishlaydi. 1932-yilning 8-dekabridan 1933-yil 1-oktyavrgacha Oʻzkompartiya markaziy komitetining matbuot organi boʻlgan „Kolxoz yoʻli“ gazetasida faoliyat olib borgan. U tahririyatning Asaka va Andijon shaharlaridagi muxbiri vazifasini bajargan.

Zaki Sattarov Marhamat tumanida nashr etiladigan „Stalinchilar ovozi“ gazetasi muharriri, tuman ijroiya qoʻmitasi boʻlgan. Zaki Sattarov 1931-yilning 1-oktyabridan 1937-yil 28-martgacha to qamoqqa olingunga qadar Samarqandda nashr etiladigan „Lenin yoʻli“ gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. Rus, turk, qozoq, tatar tillarini bilgan. 1937-yilning 27-mayida partiyaviy hushyorlikni kamaytirgani uchun hayfsan olgan[2].

1938-yilning 13-oktyabrda SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasining sud majlisida oʻlimga hukm qilinadi. Hukm ijrosi oʻsha kuni taʼminlanib, otib tashlanadi.

  1. Rustambek Shamsutdinov. Коллективлаштириш ва “катта террор” даврида қатагон қилинган ватандошларимизнинг xoтиpa китоби. Тошкент: Янги аср авлоди, 2015 йил — 322 bet. ISBN 978-9943-27-589-9. 
  2. Rustambek Shamsutdinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (1-kitob). Sharq Toshkent 2012 — 207 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.