Zahkashlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zahkashlar (Oniscoidea) — har xil oyoqli qisqichbaqasimonlar kenja turkumi Uzunligi 1–50 mm. 1000 ga yaqin turi maʼlum. Koʻpchilik turlari quruqlikda yashashga moslashgan. Nam joylarda hayot kechiradi (nomi shundan olingan). Kechasi faol, kunduzi pana joylarga yashirinib oladi. Choʻlda hayot kechiradigan 3. Hemilepistus cristatus inining chuqurligi 1 m ga yetadi. Ayrim 3. jabra yaproklarini qoplab turadigan yupqa suv qatlamlarida erigan kislorod bilan nafas oladi, boshqalarida atmosfera havosidan nafas oladigan maxsus moslama boʻladi. Eng tuban tuzilgan Z.ning hayoti suv muhiti bilan bogʻliq: Ligia urugʻi turlari dengiz sohilida yashaydi va uzoq muddat davomida suv ostida qolishi mumkin. Ligidium urugʻi vakillari soylarda yashaydi. Koʻpchilik 3. oʻsimlik qoldiqlari bilan oziqlanib, tuproq hosil boʻlishida ishtirok etadi. Ayrim 3. (Hemilepistus zachvatkini) sugʻoriladigan maydonlar va issiq xonalardagi ekinlarga ziyon yetkazadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil