Zagrebdagi zilzila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zagreb zilzilasi (Buyuk Zagreb zilzilasi deb ham ataladi) ― 1880-yil 9-noyabrda Zagrebda sodir boʻlgan zilzila.

Zilzila kuchi Rixter shkalasi boʻyicha 6,3 ballni tashkil etgan. Uning epitsentri Zagreb shimolidagi Medvednitsa togʻida joylashgan. Bir kishi halok boʻlgan, koʻplab binolar vayron boʻlgan yoki zarar koʻrgan.

Zagreb meteorologiya stansiyasi maʼlumotlariga koʻra, zilzila ertalab soat 7:33 da boshlangan, keyin esa kuchsiz silkinishlar sodir boʻlgan. Oʻsha paytdagi maʼlumotlarga koʻra, zilziladan keyin birinchi 24 soat ichida Zagreb vokzalida 3800 chipta sotilgan. Koʻplab mahalliy aholi Vena, Lyublyana, Grats va Avstriya-Vengriyaning boshqa shaharlariga yoʻl olgan holda, shaharni tark etishga harakat qilishgan.

Shahar rasmiylari koʻrilgan zararni aniqlash uchun komissiya tuzganlar. Komissiyaning rasmiy hisobotlariga koʻra, jami 1758 ta uy (cherkovlar va hukumat binolari bundan mustasno), ulardan 485 tasi jiddiy zarar koʻrgan.

Eng koʻp zarar koʻrgan Zagreb sobori boʻlib, keyinchalik u 26-yil davom etgan, rekonstruksiyadan oʻtkazilgan. Qayta tiklash ishlariga German Bolle boshchilik qilgan. Soborni rekonstruksiya qilish 1906-yilda nihoyasiga yetgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Horvat, Rudolf. Prošlost grada Zagreba. Zagreb: August Cesarec, 1992 — 66—71 bet. ISBN 86-393-0267-7. 
  • Kozák, J.; Cermák, V. (2010), „Zabreb (Agram) earthquake, Croatia, 1880“, The illustrated history of natural disasters, 151–153-bet, doi:10.1007/978-90-481-3325-3_33, ISBN 978-90-481-3324-6

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]