Zagit Sobitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Zagit Sobitov
Tugʻilishi 21-oktabr 1909-yil(1909-10-21)
Cheryomshin, Tatariston
Vafot sanasi 11-iyul 1982-yil(1982-07-11)
(72 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, O'zbekiston
Kasbi kinorejissor
Faoliyat yillari 1933-1977
Mukofotlari O'zbekiston Davlat Mukofoti, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, O'zbekiston xalq artisti

Zagit (Zohit) Sobitov - Kinorejissor. 1909-yil 21-oktabrda Tataristonning Cheryomshin shahrida tug'ilgan. 1929-yilda Qozon san'at-iqtisod texnikumini tugatgan. 1929-1932 yillarda Moskva Butunittifoq Davlat kinematografiya institutining rejissorlik bo'limida o'qigan.

Faoliyati[tahrir]

1933-1935 yillarda "Mosfilm" qoshidagi "Sharqfilm" studiyasida rejissor assistenti bo'lib ishlagan. "Po'lat botir", "Dumli yulduz", "Yangi hayot" hujjatli filmlarni yaratishda qatnashgan.Zagit Sobitov 1937-yildan to umrining oxirigacha "O'zbekfilm" kinostudiyasida rejissor assistenti, postanovkachi-rejissor bo'lib ishlagan. Mashhur kinorejissor S.Eyzenshteynning ko'pmetrajli "Katta Farg'ona kanali" filmini suratga olishda assistentlik qilgan.1940-yilda suratga olingan "Oddiy ish" kinonovellasi Sobitovning ilk badiiy filmidir. So'ngra u "Ogoh bo'l" , "10 yil", kabi hujjatli filmlarni yaratdi.Zagit Sobitov "Stadionda uchrashamiz" (1955), "Cho'ldagi hodisa" (1957), "Ikki soldat haqida qissa" (1977), "Farzandlar" (1958), "Hamza" (1960), "Samolyotlar qo'na olmadi" (1963), "Fidoiy" (1964), "General Rahimov" (1967), "U yakka emas edi" (1969), "Falokat oyoq ostida", "Chinor" (1974) badiiy filmlarni suratga olib, o'zbek kino san'atida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'ldi. Zagit Sobitovga 1964-yilda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi", 1970-yilda "O'zbekiston xalq artisti" faxriy unvonlari berildi. Bolgariya kinematografiyachilari bilan hamkorlikda yaratilgan "Ikki soldat haqida qissa" filmi uchun 1977-yilda O'zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.[1]

Vafoti[tahrir]

Zagit Sobitov 1982-yil 11-iyulda Toshkentda vafot etgan.

Filmografiya[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Qarang:Zohid Sobitov

Havolalar[tahrir]

  1. O'tkir Shokirov "O'zbek san'atkorlari" kitobidan.