Zohid Sobitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zohid Zarifovich Sobitov (1909.21.10, Tatariston Respublikasi — 1982.11.7, Toshkent) — kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Oʻzbekiston xalq artisti (1970). Faoliyatini 1929 yil "Sharq kinosi" studiyasida rejissyor yordamchisiligidan boshlagan. 1930—32 yillar "Mosfilm"da, 1933—35 yillar "Sharq kinosi"da rejissyor assistenti boʻlib, "Boʻlat Botir", "Dumli yulduz", "Samara guli", "Yangi hayot" filmlarini ishlashda qatnashgan. 1937—82 yillar "Oʻzbekfilm" rejissyor i. "Oddiy ish" (1940) kinonovellasi S.ning ilk badiiy filmidir. Urush yillari "Frontdagi doʻstlar", "Vatanga sovgʻa" (K. Yormatov bilan hamkorlikda), "Besh respublika konserti" kabi badiiyhujjatli filmlar yaratdi. "Ogoh boʻl!", "10 yil", "Choʻldagi yoʻl" singari hujjatli hamda "Stadionda uchrashamiz", "Sahrodagi voqea", "Farzandlar", "Hamza", "Samolyotlar qoʻna olmadi", "Fidoyi", "General Rahimov", "Chinor", "Favqulodda hodisa", "Ikki jangchi haqida qissa" kabi badiiy filmlari bilan oʻzbek kinosi rivojiga munosib hissa qoʻshdi. S. oʻzbek kinosida birinchilardan boʻlib detektiv janrda film yaratganlardan, uningfilmlari qahramonlik, doʻstlik va insoniylikni tarannum etadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil