Zadie Smith

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zadie Smith(1975-yil 25-oktabrda tugʻilgan) – ingliz yozuvchisi va qisqa hikoyalar yozuvchisi. Uning debyut romani „White Teeth“[1](2000) darhol bestsellerga[2] aylandi va bir qator mukofotlarni qoʻlga kiritdi.2010-yil sentabr oyida Smith Nyu-York universitetining Ijodiy yozish fakultetida professor boʻlgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zadie Smith NBCC 2011

Sadie Smith 1975-yilning 25-oktabrida Uillesdenda yamaykalik onasi Yvonne Bailey va xotinidan 30 yosh katta boʻlgan ingliz otasi Harvey Smith oilasida tugʻilgan.14 yoshida u oʻz ismini Sadiedan Zadiega oʻzgartirgan[3].Smithning onasi Yamaykada oʻsgan va 1969-yilda Angliyaga koʻchib kelgan. Uning ota-onasi ajrashishgan va Zadiening oʻgay singlisi, oʻgay akasi va ikkita ukasi bor. Bolaligida u raqsga tushishni yaxshi koʻrgan. Universitetda oʻqiyotganda Smith jazz qoʻshiqchisi sifatida pul ishlab topa boshlagan va oʻsha paytlarda jurnalist boʻlishni xohlardi.

Smith davlat maktablarida, Malorees Junior School va Hampstead Comprehensive maktabida, soʻngra Cambridgedagi Kingʻs kollejida oʻqigan va u yerda ingliz adabiyotini oʻrgangan. Oliy ikkinchi darajali diplom bilan kollejni bitirgan. Universitetda oʻqiyotganda bir nechta tanlovlarda qatnashadi va ayrimlarida muvaffaqiyatsizliklarga ham uchraydi. Ulardan biri „Cambridge Footlights“ tanlovi boʻlgan.Cambridgeda „The Mays Anthology“ deb nomlangan yangi yozuvchi talabalar uyushmasida bir qancha oʻzining qisqa hikoyalarini nashr etadi. Bu hikoyalar esa bir nechta nashriyotlarning eʼtiborini tortadi va unga birinchi romani uchun shartnoma taklif qilishadi. Shunda Smith adabiy agent bilan bogʻlanishga qaror qildi va u A. P. Wattni tanlaydi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smith Cambridge universitetida Nick Laird bilan uchrashadi. Keyin ular 2004-yilda Cambridgedagi Kingʻs kollejidagi ibodatxonada turmush qurishadi. Ularning ikki farzandi bor(Katherine Laird, Harvey Laird). Zadie va Nick 2006-yil noyabridan 2007-yilgacha Rimda,Italiyada yashashadi keyin Nyu-Yorkda va Londonda taxminan 10 yil yashashadi. Undan keyin 2020-yilda Londonning Kilburn shahriga koʻchib oʻtishadi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • White Teeth[4] (2000)
  • The Autograph Man (2002)
  • On Beauty (2005)
  • NW (2012)
  • Swing Time (2016)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „White Teeth asari“ (inglizcha). Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  2. „bestseller kitoblar to'plami“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  3. „Nima uchun u ismini o'zgartirdi“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
  4. „White Teeth asari“ (inglizcha). Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. „Zadie Smith kitoblari“. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.