Zach King

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zach King

Zach King 2012-yil
Tavalludi
Zachary King

4-fevral 1990-yil (1990-02-04) (33 yosh)[1]
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Biola University
Millati Amerikalik
Turmush oʻrtogʻi Rachel Holm (2014)
Bolalari 2ta
Veb-sayti zachkingmagic.com

Zachary King (1990-yil 4-fevralda tugʻilgan) — Los-Anjelesda yashaydigan amerikalik video blogger[2][3]. U oʻzining sehrli qisqa videolari bilan mashhur boʻlib, videolari goʻyoki sehrgarlik qilayotgandek koʻrinadigan qilib tahrirlangan olti soniyali videolardir[4]. U oʻz videolarini „raqamli qoʻl chaqqonligi“ deb ataydi[5]. U 2008–yilda youtubeda video joylashtira boshladi va 2013–yilda Vine platformasiga ham video joylashtira boshlagan. King oʻzining birinchi videosini 2016-yilda TikTokga joylashtirgan va shundan beri 90 milliondan ortiq obunachilarni oʻziga jalb etib, platformadagi eng koʻp kuzatiladigan oltinchi shaxsga aylangan[6].

King 2010–yilda Hewlett-Packard tijoriy tanlovida gʻolib chiqdi va London kinofestivaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[7]. 2013-yilda u YouTubening NextUp Creators tanlovida gʻolib chiqdi[8]. 2015–yilda King va uning rafiqasi Reychel Xolm Amerikaning The Amazing Race realiti-shousining 28-mavsumida ishtirok etishdi. Ular musobaqaning toʻqqizinchi bosqichida umumjamoa hisobida oltinchi oʻrinni egalladilar[9].

Yoshligi va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

King Oregon shtatining Portlend shahrida tugʻilib oʻsgan[10]. U ota tomondan yarim xitoylik, chorak avstriyalik va onasi tomondan chorak nikaragualik[11][12]. Kingning onasi uni va uning uchta singlisini, jumladan, bir asrab olingan singlisini uyda oʻqitgan, otasi esa uyda ishlagan[13].Yetti yoshida King uy videokamerasidan foydalangan holda birinchi filmini suratga oldi[14]. Oʻn toʻrt yoshida u Mac kompyuteri, kameralar shuningdek, tripod kabi video jihozlarni sotib oldi va videolarni tayyorlash va tahrirlashni boshladi[7]. U 2012-yil dekabr oyida Biola universitetini kino va media sanʼati yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan[15].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

King oʻzining FinalCutKing.com veb-saytini 2008–yilda Final Cut Pro tahrirlash dasturidan foydalanish boʻyicha darslar oʻtish va maslahatlar berish uchun ochgan[16], chunki u Internetda dasturiy taʼminot boʻyicha oʻquv qoʻllanmalarini topa olmagan[17]. Shu bilan birga, u dasturiy taʼminotdan foydalangan holda vizual effektlar boʻyicha darsliklar berish uchun oʻzining YouTube kanalidan foydalanishni boshladi[18]. Oʻz veb-saytida auditoriyaga ega boʻlgach, u oʻquv darsliklarini sotishni boshladi va pulni kollejiga toʻlash uchun ishlatdi[7]. U 2012-yilda Syfyda namoyish etilgan Viral Video Showdown epizodida ishtirok etdi[19]. 2019-yil dekabr oyida King oʻzining supurgi ustida uchayotgani aks etgan videosi bilan internetni lol qoldirdi. Video 4 kun ichida TikTokda 2,1 milliard martadan ortiq koʻrilgan[20].

Youtube[tahrir | manbasini tahrirlash]

King „Poop Award“ mukofotini olmoqda

2011-yilda u kollejdagi doʻsti bilan suratga olgan Jedi Kittens nomli videoni YouTubega joylashtirdi. Videoda ikki mushukning chiroqlar bilan urishayotgani aks etgan[21]. Video uch kun ichida milliondan ortiq koʻrildi[15] va umumiy hisobda 18 milliondan ortiq koʻrildi[3]. Strike Back Jedi Kittens nomli videoning davomi 27 milliondan ortiq koʻrildi[22]. Videoning uchinchi qismi Jedi Kittens – The Force Awakens 2013–yilda yuklangan boʻlib, u 28 milliondan ortiq koʻrildi. Kingning rasmiy YouTube kanali Zach King deb nomlangan.

U 2013-yilning may oyida YouTube tomonidan Amerikadagi eng istiqbolli 25 yosh rejissyorlardan biri deb topildi. YouTube oʻzining Next Up Creators contest tanlovi doirasida Kingni 35 000 dollar hamda Nyu-York shahriga toʻrt kunlik YouTube ijodkorlar lageriga sayohati bilan taqdirladi. Uning tanlovga taqdim etgan videosi Contest Entry Gone Wrong nomlangan[8].

Vine[tahrir | manbasini tahrirlash]

King koʻplab doʻstlarining Vineda akkaunti borligini koʻrgach, 2013-yil 9-sentyabrda oʻz akkauntini yaratdi. Vineda hisob yaratgandan soʻng, u keyingi oʻttiz kun davomida har kuni bitta vine yaratishga qaror qildi. Oʻzining birinchi bir nechta vinelari muvaffaqiyatidan soʻng, u yangi vinelarni yaratish va joylashtirishni davom ettirishga qaror qildi[23].

U 2014-yil 29-yanvarda The Ellen DeGeneres shousida paydo boʻldi va shou jamoasi bilan bir nechta vine yaratdi[23]. King avvalroq pul topish uchun vine videolarini yaratgan va garajida ishlagan[24]. The Independent nashriga bergan intervyusida u kelajakda badiiy filmlar, eng yaxshisi jangovar-sarguzasht filmlariga rejissyorlik qilishni xohlashini aytdi[3].

King oʻzining vinelari sababli koʻplab ommaviy axborot vositalariga taklif qilingan[25][26]. Chez Pazienza King haqida „bu yigitning videolari sof sehrdir (yoki hech bo'lmaganda juda aqlli tahrirning ishi.)“ deya taʼrif bergan[27]. Mashable internet saytida Laura Vitto shunday yozgan: Vine yulduzi va kinorejissyor Zach King anʻanaviy ma'noda, sehrgarlik qilmasligi mumkin lekin uning olti soniyali tajribali tahrirlangan videolari Devid Bleynni ham armonda qoldiradi[28].

Intervyuda Zach „Vine tayyorlash odatda 3-4 soatlik suratga olish bilan birga umumiy hisobda 24 soatdan koʻproq vaqtni oladi“, deydi.

Tik tok[tahrir | manbasini tahrirlash]

King oʻzining birinchi videosini 2016-yilning 28-fevralida „Need help posting bail, oh wait nevermind“ sarlavhasi ostida ilgari Musical.ly nomi bilan tanilgan TikTokga joylashtirdi. 2021-yil noyabr holatiga koʻra, u platformada 66,3 milliondan ortiq obunachiga ega boʻlib, TikTokdagi eng koʻp kuzatiladigan uchinchi foydalanuvchiga aylandi[6][29].

Zach King shuningdek, eng koʻp koʻrilgan TikTok videosini 2019-yil 9-dekabrda joylashtirdi. Videoda uning supurgi minib ketayotgani tasvirlangan va u yerda u aslida koʻzgu ishlatganini koʻrsatadi. Videoning tagida „Ular mening Xogvartsga arizamni rad etishdi, lekin baribir sehrgar boʻlish yoʻlini topdim“. Video 2 milliard marta koʻrilgan[6].

Diniy va shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

King yetti yoshga toʻlganida, uning oilasi nasroniylikni qabul qildi, uning aytishicha, bu uning hayotida sodir boʻlgan „eng buyuk voqealardan“ biri[13]. U oʻzini dindor nasroniy deb hisoblaydi, masalan, har kuni ertalab uygʻonganida Bibliyaning ayrim qismlarini oʻqishga harakat qiladi[30]. U oʻz eʼtiqodi mamnuniyat bilan tilga oladi[31][32], hatto dinini oʻz videolarida ham koʻrsatadi[33]. King Protestant universiteti boʻlgan Biola universitetida oʻqigan[31] va turli xristian lagerlarida yoshlar guruhlariga rahbarlik qilgan[34].

King oʻzining qiz doʻsti Reychel Xolmga bir brand uchun video reklama yaratmoqchi boʻlgandek, turmush qurishni taklif qildi[30]. Ular 2014–yilda turmush qurishdi[35]. 2016-yilda ular birgalikda The Amazing Race 28 musobaqasida qatnashib, 6-oʻrinni egalladi. 2017–yil holatiga koʻra, ular Kaliforniyaning Orange okrugidagi Rossmoorda yashashadi. Kingning ham, uning rafiqasining ham asrab olingan aka-ukalari bor, bu esa keyinchalik uni asrab olish va homiylik boʻyicha ish boshqaruvchisi sifatida ishlashga ilhomlantirdi[32]. Er-xotin bir necha farzandni asrab olishdi, shuningdek, asrab olingan va biologik oʻgʻili bor[36][37][38][39].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻynagan rollari
Yil Nomi Direktor Rol Qoʻshimcha
2016 Zootopia[40] yoʻq Muzzled Wolf Faqat ovoz
2018 Magic Duel: Jack Black vs Zach King Ha Zach King Qisqa film
A Magician Home Alone[41] Ha Zach King Qisqa film, yordamchi direktor
2019 Viking Academy Ha Zach King Qisqa film, yordamchi direktor
Zach King's the Magical Night Before Christmas Ha Zach King Qisqa film, yordamchi direktor
Stranded on Treasure Island[42] yoʻq Zach King Qisqa film
2020 Zach King's Day Off[43] Ha Zach King Qisqa film, yordamchi direktor
2021 The Time Traveling Sheriff[44] yoʻq Zach King Qisqa film
2022 First to the Gate[45] Ha Zach King Qisqa film, yordamchi direktor
Stranded Part 2[42] yoʻq Zach King Qisqa film
Television rollar
Yil Nomi Rol Qoʻshimcha
2021 Nickelodeon's Unfiltered Zach King Epizod: "This DJ is Bananas!"
Dave Zach King Epizod: "Somebody Date me"

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2009 – HP reklamasi uchun kinofestivalda birinchi oʻrin[46]
  • 2009 – Bridgestone Tyres xavfsizlik boʻyicha olimlar oʻrtasidagi oʻsmir haydovchilar video tanlovida tanqidchining tanlovi mukofoti.[7]
  • 2010 – London kinofestivalida birinchi o'rin: Heartbrand Ad[47]
  • 2010 – Bridgestone Safety Scholar gʻolibi[48]
  • 2012 – Vidcon Golden Poop mukofoti[49]
  • 2013 – YouTubening NextUp Creators tanlovi
  • 2016 – Eng zoʻr vayn artisti uchun Shorty Award

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. King, Zach [@zachking]. „Turned 21 today! Now what?“ (4-fevral 2011-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  2. „Zach King Proves Again That He Is The Best“ (en). Gentside (12-noyabr 2019-yil). 17-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 James Vincent. „Zach King of Vine: 6-second tricks and illusions show the magic of 'digital sleight of hand'“ (15-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  4. „Zach King, El Mago de Vine, Explica Sus Trucos kVirales“. CNN Español (23-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  5. „Zach King's Magic Vine Compilation: Surfer Stephen's Viral Video Of The Day“. CBS Local. Qaraldi: 6-fevral 2014-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Zach King“. 17-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-yanvar 2020-yil.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Brett McCracken. „Student Filmmaker Wins YouTube Contest“. Biola Magazine (fall 2011). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  8. 8,0 8,1 Chmielewski, Dawn C.. „YouTube awards cash, schooling to budding videographers“ (1-may 2011-yil). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  9. „Water challenge sinks McHenry woman, husband on 'The Amazing Race'“. Chicago Tribune. Qaraldi: 22-avgust 2017-yil.
  10. Harbarger, Molly. „West Linn man shows gingerbread men's appetite for destruction in slow motion Christmas video“ (24-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  11. Zach King [@finalcutking]. „@MsShoot i'm 1/2 chinese, 1/4 austrian and 1/4 Nicaraguan.“ (15-noyabr 2013-yil). 23-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2017-yil.
  12. „Draw My Life-Zach King“. YouTube (23-aprel 2013-yil). 25-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2017-yil.
  13. 13,0 13,1 DRAW MY LIFE – Zach King (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
  14. „La impresionante magia de los vídeos de Zach King“. Teinteresa. 4-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
  15. 15,0 15,1 Cassandra Gonzales. „Zach King becomes YouTube sensation with "Jedi Kittens" video“. The Biola University Chimes (12-oktyabr 2011-yil). 6-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  16. „Zach King e creatorul de virale: îţi arată cum să tai un măr cu o carte de joc sau să scoţi o pisică dintr-un ecran“. adevarul. 27-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2014-yil.
  17. „Vine Wizard: Watch This Amazing Mashup of Zach King's Craziest Vine Magic Tricks“. Complex. 30-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2014-yil.
  18. „Zach King Brings Visual Effects To Vine“. Social Daily News (18-noyabr 2013-yil). 30-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-fevral 2014-yil.
  19. „Final Cut King/Zach King“. 22-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-fevral 2014-yil.
  20. „Magician flies with a broomstick like Harry Potter; Watch viral video“. Orissa Post (15-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  21. „YouTube Filmmakers stop in Oceanside“. The Coast News. Qaraldi: 8-fevral 2014-yil.
  22. Trevor Mogg. „Vine Star Dazzles Users With Awesome Six-Second Video Tricks“. Digital Trends (20-yanvar 2014-yil). 12-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  23. 23,0 23,1 „Top Viner Zach King“. Ellen TV. 22-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-fevral 2016-yil.
  24. Lance Ulanoff. „Vine at One: A Creative Tool That's Changing Lives“. Mashable (24-yanvar 2014-yil). 9-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  25. „Zach King's Magic Vines Will Blow Your Mind“. CBC (15-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  26. Gray, Richard. „Is It Possible to Jump Through Walls?“ (20-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  27. „WATCH: Zach King's Vines are Seven-and-a-Half Minutes of Magic“. Daily Banter (14-yanvar 2014-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  28. Laura Vitto. „Vine Magician Needs Only 6 Seconds to Melt Your Brain“. Mashable (14-yanvar 2014-yil). 18-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  29. „The 20 Most Followed Accounts on TikTok“. 22-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2020-yil.
  30. 30,0 30,1 Fatherhood – How I Became A Dad (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
  31. 31,0 31,1 Vine Expert Zach King shares his Talents and his Faith (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
  32. 32,0 32,1 Welcome to the King Family – Our Adoption Story (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
  33. Sleeping in Church – Zach King Magic (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
  34. „Interview: Internet legend and devout Christian, Zach King!“ (en-US). Busted Halo. Qaraldi: 6-noyabr 2021-yil.
  35. „Zach King Biography, Net Worth, Wife, TikTok, and Magics“. 14-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2020-yil.
  36. Zach King [@finalcutking]. „We are having a baby!!!! Excited to be a family of four!!!“ (15-yanvar 2018-yil). 27-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  37. Magic Tricks to Impress your Dad on Fathers Day [Video]. United States: YouTube. 1:40. „My wife and I are having a baby in three weeks.“
  38. „We are having a baby!! Can you guess the name and gender?“. 27-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2018-yil.
  39. „Meet my second son! So proud of my wife @rachelmking for being the best momma in the world!“. 27-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-noyabr 2018-yil.
  40. Villarreal, Yvonne; Miller, Daniel „Social media stars are helping Hollywood reach younger audiences, for a price“. Los Angeles Times (4-oktyabr 2016-yil). 22-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-avgust 2017-yil.
  41. „The Best Videos of Zach King - Social Nation“ (en-US) (19-iyul 2021-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil.
  42. 42,0 42,1 „Zach King's 'Stranded 2' Shoots and Finishes with Blackmagic Design“ (en-US). Streaming Media Magazine (10-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil.
  43. Karlston, Marmaduke „Down the Tubes: Zach King's Magical Day Off – A Ferris Bueller Parody“ (en-US). ScreenAge Wasteland (4-aprel 2020-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil.
  44. „The Time Traveling Sheriff – Zach King Western Short Film“ (en-US). The New York Folk (2-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil.
  45. Uzoezie, Chidozie „Turkish Airlines Launches New Short-Film with Zach King“ (en). the-afritraveller (10-fevral 2022-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil.
  46. „Film Students Win Ad Contest Featuring HP Products“. Biola News. 12-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  47. „London Film Festival 2010 : Video Contest“. Mofilm. 9-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  48. „Bridgestone Americas Launches Fifth Annual Safety Scholars Video Contest“. Bridgestone (4-aprel 2011-yil). 24-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.
  49. Zachary Pincus-Roth. „10 Bizarre Things We Saw at Vidcon, YouTube's Annual Convention“. LA Weekly (3-iyul 2012-yil). Qaraldi: 21-aprel 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]