Zaboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zaboy (rus.) — foydali qazilma boyliklari va qoplovchi jinslar qazib olinadigan ish joyi; kon inshootlari (shurf, shtolnya va burgi kovagi)ning eng pastki yuzasi, mas, burgʻi kovagining tubi. Kon ishlari natijasida 3. surilishi mumkin. Ishlar olib borilayotgan 3. ishlab turgan va, aksincha, ishlar toʻxtatilgan 3. ishlamayotgan 3. deyiladi. Shaxta va konlarda 3. gorizontal (yotiq), vertikal (tik) va qiya, ochiq konlarda 3. yonlama va frontal (old tarafda) boʻladi. Z.ning maydoni foydalanish maqsadiga qarab 5 sm2 dan bir necha 100 m2 gacha boradi. Z.dagi ishlar tayyorlash va tozalash ishlariga boʻlinadi. Tayyorl ash ishlarida hamma kon inshootlari foydali qazilmalarni qazib olish uchun maʼlum tizim asosida tayyorlanadi. Tayyorlash ishlari foydali kazilmalarning joylashish qonuniyatlari, qalinligi va b. fizik xossalarini aniqlashga yordam beradi. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun oʻtka-ziladigan barcha ishlar yigindisi tozalash ishlariga kiradi; 2) quduklar burgilashda burgilash asboblari bilan kovlab borishda quduqning oʻyiladigan yon sirti.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil