ZK-383

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ZK 383
Sfamzk383-2.png
Turi pistolet-pulemyot
Davlat  Slovakiya
Ishlab chiqarilish tarixi
Konstruktor Frantishek Koutskiy
Yozef Koutskiy
Islab chiqarilgan 1933-1938
Islab chiqaruvchi Zbrojovka Brno
Islab chiqarilgan yillari 1938-1948[1][2]
Hammasi boʻlib ishlab chiqarilgan 20 000[3]
Tavsifi
Ogʻirligi 4,3 — 4,85[4]
Uzunligi 899
Stvol uzunligi 325[4]
Patron 9×19 mm Parabellum
Kalibr 9
Oʻt ochish tezligi,
oʻt och./daq.
500 yoki 700[4]
oʻqning
boshlangʻich tezligi, m/s
365[4] — 380
Moʻljalga olish uzoqligi, m 250
Maksimal
uzoqligi, m
600
Oʻqdori taminoti 30 patronga moljalangan[5]

ZK-383 („zet-ka“ deb talaffuz qilinadi) — 1930-yillarning boshlarida aka-uka Kutskiylar (Koucky) tomonidan Chexoslovakiyada yaratilgan Pistolet-pulemyot.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1938-yilda ishlab chiqarishga kirgan va Brno shahridagi Zbrojovka Brno zavodida nisbatan kam miqdorda ishlab chiqarilgan.

Chexoslovakiya nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan keyin zavodning ishlab chiqarish liniyasi saqlanib qoldi va ZK-383 ishlab chiqarish davom etdi. Brno zavodiga SS uchun qurol ishlab chiqarish ishonib topshirilganligi sababli, ishlab chiqarilgan ZK-383 ning asosiy qismi Waffen-SS bilan xizmatga kirdi va Sharqiy frontda ishlatilgan.

Omborlarda mavjud boʻlgan zaxiralar Slovakiya armiyasi, Waffen-SS boʻlinmalari va politsiya boʻlinmalariga xizmatga kirdi shuningdek Bolgariyaga ham topshirildi.

Ikkinchi Jahon urushi tugagandan soʻng, ZK-383H modifikatsiyasi ishlab chiqildi, u bir muncha vaqt ishlab chiqarildi, asta-sekin Savz oilasining yanada ixcham va zamonaviy avtomatlari bilan almashtirildi.

Taʼrif[tahrir | manbasini tahrirlash]

ZK 383 dastlab piyoda otryadlarini qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan boʻlib, toʻpponcha patroni uchun „ultra yengil avtomat“ turidir. Dizayn nuqtai nazaridan, bu „orqa tomondan“ oʻq uzuvchi birinchi avlod avtomatining anʼanaviy namunasi edi.

Ushbu namunaning xarakterli xususiyatlaridan qurolning nisbatan katta oʻlchamlari va ogʻirligi, avtomatlarda boʻlgani kabi tez oʻzgaruvchan barrel, chap tomonda oʻqdonning joylashishi, bipodlarning mavjudligi va zatvorni ogʻirligini sozlash imkoni borligi, xar-hil tezligda oʻq uzush imkonini bergan — daqiqasiga 500 yoki 700 ta patron.


ZK-383 avtomatlari 9x19 mm oʻlchamdagi patronlarga moslashtirib chiqarilgan edi ammo bu avtomatlarning oz qismi (eksport uchun moʻljallangan) 9x23 mm Steyr va 11,43x23 mm patronlarda chiqarilgan.

Variantlar va modifikatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • ZK-383 — harbiy versiya, buklanadigan bipod va tez ajraladigan barrelga ega edi.
  • ZK-383P — politsiya versiyasi, bipod yoʻq edi.
  • ZH-403 (aka Waffenwerke Brunn MP.42) 1942-yilda nemis armiyasi uchun ishlab chiqarilgan prototipdir. U xuddi nemis MP.38/40 kabi vertikal tartibiga ega edi. Namuna zavod sinovlaridan oʻtdi, ammo ishlab chiqarishning yuqori narxi tufayli u ommaviy ishlab chiqarilmadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yan Xogg. Pistoleti-pulemyoti. M., EKSMO-Press, 2001. str.46-47
  2. ZK-383 // Kris Shant. Orujie pexoti: ensiklopediya strelkovogo orujiya. / per. s angl. M., „Omega“, 2004. str.48
  3. 9-mm chexoslovatskiy pistolet-pulemyot ZK-383 (ZetK-383) // jurnal „Orujie“, № 2, 2002 (spesvipusk „Pexotnoe orujie Tretego reyxa. Chast IV. Pistoleti-pulemyoti“)
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 ZK-383 // „War Machine“, vol. 1, issue 6. 1983. pages 102-103
  5. A. B. Juk. Ensiklopediya strelkovogo orujiya: revolveri, pistoleti, vintovki, pistoleti-pulemyoti, avtomati. M., AST — Voenizdat, 2002. str.670, 672


Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Čs. samopal ZK 383 // Strelecká revue, 12, 1987-yil (chex. )
  • Eksport samopalů ZK 383 // „Střelecký Magazin“, № 7-8, 1996-yil (chex. )
  • ZK 383 v letech 1938-1945 // „Střelecký jurnali“, 2004-yil 7-son. (chex. )

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]