Yuz yillik urush
Yuz yillik urush (1337-1453) — Angliya va Fransiya oʻrtasida Giyen (12-asrdan inglizlar mulki), Normandiya, Anju (inglizlar tomonidan 13-asrda qoʻldan boy berilgan), Flandriya uchun boʻlgan urush. Angliya qiroli Eduard III (Fransiya qiroli Filipp IV ning nevarasi) ning Fransiya taxtini daʼvo qilishi bahona boʻlgan. Angliya Sleyse (1340), Kresi (1346), Puatye (1356) yaqinidagi janglarda gʻolib chiqqan. 1360-yil Bretanda tuzilgan bitim Fransiyaning kattagina hududi Angliyaga oʻtganligini tasdiqladi. 14-asrning 70-yillarida inglizlarning deyarli hammasi Fransiyadan haydab chiqarildi. Biroq Azenkur yaqinidagi gʻalabadan soʻng (1415) inglizlar burgundiyaliklar bilan hamkorlikda Fransiyaning shim.ni bosib olgan. Ingliz bosqinchilariga qarshi xalq kurashiga Janna d’Ark rahbarlik qilgan. Uning boshchiligida fransuz qoʻshinlari 1429-yil Orlean qamalini yorib oʻtgan. Yuz yillik urushu. inglizlarning Bordoda soʻzsiz taslim boʻlishlari bilan tugagan (1453). Angliya Fransiya hududida faqat Kale shahrinigina qoʻlda tutib qolgan (1558-yilgacha). Yuz yillik urushu. markazlashgan fransuz davlatining qaror topishida muhim bosqich boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |