Yuvilgan tuproqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

YUVILGAN (EROZIYALANGAN) TUPROQLAR — sugʻoriladigan va lalmikor yerlarning qiya, nishab joylarida notoʻgʻri sugʻorish hamda ogrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, kuchli yogʻin taʼsirida hosil boʻladigan oʻydimchuqurchalarda shakllanadigan tuproklar. Yer ustki suv oqimining yemiruvchi taʼsirida tuproqning unumdor qatlami qalinligi kamayadi yoki butunlay yemirilib ketadi. Koʻp yillar davomida eroziya tufayli guproqning karbonatli va gipsli qatlam (gorizont)lari yer yuzasiga chiqib (ochilib) qoladi. Tuproq yuzasidagi karbonatli birikma oq koʻzanak shakldagi kuchli eroziyalanganlik belgilaridan byri. Bunday tuproklar tarkibida chirindi (gumusli qatlam 30—50 sm cha) va boshqalar ozuqa moddalar kamligi va mexanik tarkibining yengilligi, qumoqlashganligi bilan ajralib turadi. Yuvilgan tuproqlarda suv, havo va issiqlik rejimlari keskin yomonlashadi, nam sigʻim va suv oʻtkazuvchanligi pasayadi, bugʻlanish kuchayadi, hajm massasi esa birmuncha ortadi. Yuzasida qatqaloq hosil boʻladi va ishlov berish sharoiti qiyinlashadi. Oqibatda q.x. ekinlarining hosildorligi pasayib ketadi. Mas, boshqa yerlardagiga qaraganda Yuvilgan tuproqlarda gʻoʻza nisbatan ertaroq pishib yetilsada, past boʻyli va kam hosilli (yuvilmagan tuproqqa nisbatan 25—40% kam), tola va chigitning sifati past boʻladi.