Kontent qismiga oʻtish

Yusuf Rahmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yusufboy Rahmonov
Xorazm viloyati prokurori
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-yanvar 1941-yil
Hazorasp tumani, Xorazm viloyati
Vafoti 8-dekabr 1998-yil(1998-12-08)
(57 yoshda)
Mukofotlari

Yusufboy Rahmonov – 1941-yil 16-yanvarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tugʻilgan. Xorazm viloyati prokurori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari boʻlib 30 yildan ziyod ishlagan. 1998-yil 8-dekabrda vafot etgan[1].

Oʻqish davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xiva qishloq xoʻjalik texnikumida hisobchi-hosilot boʻlimini tugatganidan soʻng, Hazorasp tumanidagi „Oʻzbekiston“ jamoa xoʻjaligida ishlaydi. 1962—1964-yillarda Moskvada harbiy xizmat safarini oʻtab keladi. Harbiy xizmatdan keyin Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakultetida tahsil oladi[2].

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻqishni tugatgach Yusuf Rahmanov Urganch shahar va viloyat prokuraturasida tergovchi, boʻlim boshligʻi, Hazorasp tuman prokurori, viloyat prokurorining oʻrinbosari, viloyat prokurori, Oʻzbekiston respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Yusufboy Rahmonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist“ unvoniga sazovor boʻlgan[3].

  1. Xorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023
  2. Xorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023
  3. Xorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023