Yursinboy Joʻrayev
Qiyofa
Yursinboy Joʻrayev (1944-yil, 4-oktyabr, Oltiariq tumani) — usta paxtakor, Oʻzbekiston Kahramoni (2000). Mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi B. Otaqulov nomli jamoa xujaligi aʼzoligidan boshlagan (1960—64). Shu jamoa xoʻjaligida hisobchi (1964-70), brigada boshligʻi (1970-71), 1991-yildan bosh pudratchi. J. rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. 1999-yilda paxtadan 54 s/ga; 2000-yilda gʻalladan 60 s/ga hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida koʻplab shogirdlar tarbiyaladi, respublikada qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |