Yuriy Gagarin nomli oʻrta maktab (Isfana)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Gagarin nomli oʻrta maktab
Joylashgan yeri
Isfana, Qirgʻiziston
Koordinatalar 39°50′03″N 69°31′22″E / 39.8343°N 69.5229°E / 39.8343; 69.5229 G O
Maʼlumot
Maktab turi boshlangʻich va oʻrta maktab
Asos solingan sanasi 1966 (58 yil avval) (1966)
Sinflar 1-11
Til rus, qirgʻiz
Yuriy Gagarin nomli oʻrta maktabning asosiy binosi

Yuriy Gagarin nomli oʻrta maktab (ruscha: Средняя школа имени Юрия Гагарина; qirgʻizcha: Юрий Гагарин атындагы орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab[1]. Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. Maktabda darslar qirgʻiz va rus tillarida oʻtiladi.[2]

Maktabga rus fazogiri Yuriy Gagarin nomi berilgan. Yuriy Gagarin nomli oʻrta maktab barcha 11 sinfni rus tilida yakunlash mumkin boʻlgan Isfanadagi ikki maktabning biridir (ikkinchisi — Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab). Maktabning hozirgi binosi 1966-yil qurib bitirilgan.

Dars programmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻquvchilar birinchi sinfga bolaning individual rivojlanishiga qarab 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) oʻlaroq uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.

Mamlakatdagi boshqa maktablardagi kabi Yuriy Gagarin nomli oʻrta maktabda boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (jismoniy tarbiya va chet tillaridan tashqari).

5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi.

Qirgʻizistondagi boshqa maktablardagi kabi Yuriy Gagarin nomli oʻrta maktabda ham ikki smenada (ertalabki va tushki) darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.

Oʻquv yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, -5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Isfana: Shahar profili“ (ruscha). Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi. 2008-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2008-05-02 sanasida arxivlangan)
  2. „Yuriy Gagarin nomli oʻrta maktab“ (ruscha). Isfana shahrining rasmiy vebsayti. Qaraldi: 2012-yil 23-oktyabr. [sayt ishlamaydi]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]