Yuriy Dashevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Vladimirovich Dashevskiy
Kaluga viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi–
Mansab davri
1961-yil avgust — 1964-yil dekabr
Avvalgisi Yegorov Аleksey Аndreyevich
Keyingisi Demidova Аleksandra Ivanovna
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1921-yil 18-sentabr
Коbelyaki
Vafoti 1987-yil 28-avgust (65 yosh)
Моskva
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari SU Order of Friendship of Peoples ribbon.svg SU Order of the Badge of Honour ribbon.svg SU Medal For Labour Valour ribbon.svg SU Medal In Commemoration of the 100th Anniversary of the Birth of Vladimir Ilyich Lenin ribbon.svg SU Medal For Valiant Labour in the Great Patriotic War 1941-1945 ribbon.svg SU Medal Veteran of Labour ribbon.svg SU Medal Twenty Years of Victory in the Great Patriotic War 1941-1945 ribbon.svg SU Medal Thirty Years of Victory in the Great Patriotic War 1941-1945 ribbon.svg

Yuriy Vladimirovich Dashevskiy (1921-yil 18-sentyabr — 1987-yil 28-avgust, Moskva, SSSR) — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Vladimirovich Dashevskiy 1921-yil 18-sentabrda Ukraina SSRning Poltava viloyati  Kobelyaki shahrida tugʻilgan.

Dashevskiy 1928-yilda ilk bor maktabga borgan, ammo 1-sinf dasturini butunlay oʻzlashtirib boʻlganligi sababli maktab maʼmuriyati uni 2-sinfga qabul qilgan. Yuriy Vladimirovich 1937-yilda Dnepropetrovsk temir yoʻl muhandislari institutiga oʻqishga kirgan. Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi bilan u Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahriga evakuatsiya qilingan. 1942-yilda esa Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan.

  • 1942—1945-yillarda dastlab Termiz shahrida, keyinchalik Dushanbe shahrida mashinist boʻlib ishlagan. U yerda frontga yuk yetkazib berish bilan shugʻullangan. U hamrohlik qilayotgan yuk poyezdi tarkibi bir necha bor nemis samolyotlari tomonidan bombardimon qilingan;
  • 1945—1946-yillarda Oʻzbekiston SSRning Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi depo boshligʻi;
  • 1946—1948-yillar Moskva shahrida temir yoʻl transporti rahbarlarining malakasini oshirish institute xodimi;
  • 1948—1953-yillarda  Ashxobod temir yoʻli boshligʻi oʻrinbosari;
  • 1953—1954-yillarda Fayans, Kirov, Kaluga viloyatlari temir yoʻl boʻlimi boshligʻi;
  • 1954—1958-yillarda Kaluga va Kirov viloyati Fominichskaya mashina-traktor stansiyasi direktori;
  • 1958—1960-yillarda Moskvadagi KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabida oʻqigan. Shuningdek,
  • 1960—1961-yillarda — KPSS Kaluga viloyat qoʻmitasi kotibi;
  • 1961—1962-yillarda — Kaluga viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi;
  • 1962—1964-yillarda — Kaluga viloyat sanoat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi;
  • 1964—1971-yillarda — SSSR Tashqi savdo vazirligida rahbarlik lavozimlarida;
  • 1971—1974-yillarda — SSSRning Janubiy Koreyadagi savdo vakili;[1]
  • 1974—1980-yillarda — SSSR Tashqi savdo vazirligi davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
  • 1980—1986-yillarda  SSSRning Avstraliyadagi savdo vakili;
  • 1963—1967-yillarda RSFSR Oliy Kengashining 6-chaqiriq deputati boʻlgan;[2]
  • Yuriy Vladimirovich Dashevskiy 1987-yil 28-avgustda vafot etgan. U Moskvadagi Kuntsevo qabristoniga dafn etilgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi — (? −1930-yil) zodagonlar oilasidan boʻlgan. Onasi — (1890—1945-yillarda yashab oʻtgan) dehqon ayol boʻlgan. Akasi — Aleksandr (1906-?-yillarda) maʼlumoti boʻyicha quruvchi. Ukraina SSRning Xmelnitskiy viloyatida qurilish tresti boshligʻi boʻlib ishlagan. 1937-yilda u denonsatsiya bilan hibsga olingan. 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va ushbu muddatni Solikamskda oʻtagan.
Akasi — Konstantin (1915—1979-yillarda yashab oʻtgan) maʼlumoti boʻyicha oʻqituvchi. Ukraina SSRning Donetsk viloyati Gorlovka shahridagi maktabda oʻqituvchi, keyinchalik direktor lavozimida ishlagan.
Turmush oʻrtogʻi — Yekaterina Ivanovna Nikolenko (1916—2011-yillarda yashab oʻtgan), Oʻzbekiston SSRning Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tugʻilgan. Toshkent axborot texnologiyalari institutini tamomlagan. U oʻz karyerasini temir yoʻlda ishlashga bagʻishlagan.
Qizi — Nina (1943-yilda tugʻilgan) Oʻzbekiston SSRning Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tugʻilgan. 1966-yilda Moskva axborot texnologiyalari institutini tamomlagan. Oʻz faoliyati davomida temir yoʻl sohasida muhandis, katta muhandis lavozimlarida ishlagan.
Qizi — Tatyana (1945—2016-yillarda yashab oʻtgan), Oʻzbekiston SSRning Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1970-yilda 1-Moskva tibbiyot institutini tamomlagan. 1970—2000-yillarda — otorinolaringolog, Harbiy kimyoviy himoya akademiyasi poliklinikasining rengen boʻlimi mudiri boʻlgan.
Oʻgʻli — Vladimir (1953—2014-yillarda yashab oʻtgan) Sanʼatshunos. Fayans, Kirov, Kaluga viloyati 1975-yilda Leningrad axborot texnologiyalari institutini, 1981-yilda SSSR Butunittifoq tashqi savdo akademiyasini tamomlagan. 1975—1978-yillarda — Moskva deposida usta, 1981-yildan SSSR Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xalqlar doʻstligi ordeni
  • "Shon-sharaf belgisi" ordeni
  • "Mehnat jasorati uchun" medali
  • „V.I.Lenin tavalludining 100 yilligini nishonlashdagi jasoratli mehnati uchun“ yubiley medali;
  • „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali;
  • „Mehnat faxriysi“ medali;
  • „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning yigirma yilligi“ yubiley medali;
  • „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning oʻttiz yilligi“ yubiley medali;
  • „SSSR Tashqi savdo vazirligining nishoni“ Faxriy nishoni.
  • „SSSR Mashinasozlik vazirligining sifat boʻyicha aʼlochisi“.
  • „SSSR Tashqi savdo vazirligi davlat inspeksiyasi aʼlochi“ talabasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Малькевич В. Л., Митрофанов И. Л., Иванов А. С.. [1], Lua xatosi: bad argument #2 to 'formatDate': invalid timestamp 'Yanvar'.. ISBN 978-5-902484-28-8. 
  2. „Список депутатов, избранных в Верховный Совет РСФСР. 1963“. «Открытый текст» (21-iyun 2009-yil). 17-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-fevral 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]