Yuriy Chuguyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Chuguyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Andijon Fargʻona viloyati Rossiya imperiyasi 
Vafoti Moskva, SSSR
Mukofotlari

Yuriy Veniaminovich Chuguyev (1910-yil 23-aprel, Andijon, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1964-yil 23-iyul, Moskva, SSSR) — SSSR oltin qazib olish sanoatining yetakchilaridan biri, muhandis-polkovnikgi hisoblanadi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1910-yil 23-aprelda Rossiya imperiyasining Fargʻona viloyati Andijon shahrida tavallud topgan[1].

Toʻqqiz yillik maktabni hamda oʻqishni tamomlaganidan keyin Moskvadagi zavod va fabrikalarda tokar-revolverchi boʻlib faoliyat olib borgan.

1931-yilda  Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi saflariga kiradi. Shu vaqtdan boshlab oltin qazib olish sanoatida ishlay boshlaydi.

1936-yildan 1938-yilgacha — Sharqiy Qozogʻiston viloyati Zyryanovka tumanidagi „Altizoloto“ tresti Buxtarma boshqarmasi direktori va 1938-yildan 1939-yilgacha — Sverdlovsk viloyati Nevyansk shahri ural oltin tresti Nevyansk boshqarmasi direktori lavozimlarida ishlaydi. 1940-yilda rangli metallurgiya xalq komissariati rahbariyati tarkibiga kiruvchi 6 oylik kurslarni tamomlagan. 1940-yildan 1942-yilgacha — Kokchetov viloyati Stepnyak shahridagi trest boshqaruvchisi.

1942-yildan 1944-yilgacha — SSSR rangli metallurgiya xalq qoʻmitasining „Glavzoloto“ Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari va1944-yildan 1946-yilgacha — Irkutsk viloyatidagi „Glavzoloto“ boshligʻi — „Lenzoloto“ tresti boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

1946-yildan 1952-yilgacha — SSSR IIV maxsus Bosh boshqarmasining „Lenzoloto“ tresti boshqaruvchisi.

1952-yil aprel oyidan — Magadan shahridagi „Dalstroy“ SSSR IIV SDS bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari[2].

1956-yil 27-fevraldan 1957-yil martgacha — „Dalstroy“ boshligʻi boʻlgan.

1957-yil 29-maydan 1959-yilgacha— Magadan sovnarxozining birinchi raisi[3].

SSSR xalqaro kengashi huzuridagi „Rosglavtsvetsnabsbit“ boshligʻi hisoblanadi.

Darajasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Chuguyev 1947-yilda mehnat faoliyati davomida koʻrsatgan fidoyiligi uchun muhandis-polkovnik darajasini olgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Chuguyev mehnat faoliyati davomida koʻrsatgan faolligi uchun bir qancha mukofotlar bilan taqdirlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]