Yurali Agayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hidoyatbek Yurali Agayev
Hidoyatbek Yug’uli Agayev
Turkiston muxtoriyati yer va suv boyliklari vaziri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1880-yil
Farg’ona

Hidoyatbek Yurali Agayev (Hidoyatbek Yurgʻuli Agayev) (1880—?) — davlat va jamoat arbobi. Turkiston muxtoriyati yer va suv boyliklari vaziri, agronom[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hidoyatbek Yurali Agayev Fargʻona vodiysida taxminan 1880-yilda tavallud topgan. Uning millati oʻzbek boʻlgan. U Turkiston oʻlkasida taniqli agranom sifatida mashhur boʻlgan. Hidoyatbek Yurali Agayev Fargʻona okrugligidan Taʼsis majlisi aʼzoligiga saylangan. Alixontoʻra Sogʻuniy oʻzining „Turiston qaygʻusi“ xotiralarida Ogʻayev polyak musulmonlaridan boʻlganligini yozgan. Uning rafiqasi Jozefina Stanislavovna Yurguli Aga (qizlik famillyasi Trushkovskaya) boʻlib, Peterburg patriot institutini tamomlagan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hidoyatbek Yurali Agayev faoliyati davomida Turkiston Muxtoriyati hukumatida yer va suv boyliklari vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. Hidoyatbek Yurali Agayev Turkiston Milliy majlisi aʼzosi sifatida ham samarali ishlar olib boradi. 1918-yil fevralda Turkiston Muxtoriyati agʻdarilgan paytda Hidoyatbek Yurali Agayev Qoʻqonda boʻlgan. Ammo u bolsheviklar bilan boʻlgan toʻqnashuvlarda halok boʻladi. Alixontoʻra Sogʻuniy oʻzining „Turiston qaygʻusi“ xotiralarida Hidoyatbek Yurali Agayev taqdiri haqida shunday yozadi: „Bu qahramon qoʻlga olinganidan soʻngra shundayin xorlik, zulm ostida turishdan oʻlimni ortiq koʻrib, ochlik bildirmishki, bu kabi eng soʻnggi dahshatlik choradan insoniyat olamida foyda berishi kutilur edi. Bular oldida eʼtiborsiz boʻlganlikdan oʻn besh kunlab och qoldirilmushdur. Aqli ozib, oʻlar holga kelganda boshqa yoqqa olib ketganlar. Undan keyingi taqdiri bizga nomaʼlumdir“ deb yozgan. U faoliyati davomida Turkiston muxtoriyati uchun kurashlar olib bordi. Uning tarjimayi holi toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar saqlanib qolmagan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdullayev R. Raximov M, Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi (1917—1991) birinchi kitob. Toshkent: O’zbekiston, 2019 — 560 bet. 
  2. 2,0 2,1 Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021 — 92 bet.