Yupqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yupqa — xamir, goʻsht va piyozdan tayyorlanadigan taom. Goʻshtni goʻsht qiymalagichdan oʻtkazib, mayda toʻgʻralgan piyoz, murch bilan aralashtiriladi va qovurib olib qoʻyiladi. Xamirdan 30 g li zuvalachalar yasalib, yupqa qilib yoyiladi. Qizigan qozonga yarim qoshiq yogʻ surtib, yoyilgan xamirlardan biri ikkala tomonidan yaxshilab singitib pishiriladi. Soʻngra qozonga ikkinchi Yu.ni solib pishiriladi va qozonda qoldirilib, betiga tayyor qiymadan bir tekis solinib, ustiga birinchi pishirilgani yopiladi. Buning betiga ham qiymadan solib yana navbatdagi yoyilgan xamir yopiladi va pishirish uchun agʻdariladi. Qavatlar soni shu tariqa 10—12 tagacha yetkaziladi. Soʻngra har birini alohidaalohida ajratib olib, toʻrt buklab likopchada dasturxonga tortiladi. Ayrim joylarda avval Yu.ning xamiri pishirilib, qiymasi taxlanayotganda solinadi. Yu.ni juda sust olovda pishirish va zarur boʻlganda, qozonga yarim qoshiqdan yogʻ tomizib turish lozim. Yu. tansiq taomlardan boʻlib, chaqaloqni beshikka belashda hamda hayitmarosimlarda tayyorlanadi.