Kontent qismiga oʻtish

Yunus Emre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yunus Emre
Tavalludi 18-mart 1240-yil
Vafoti 4-dekabr 1320-yil(1320-12-04)
(80 yoshda)
Eskishehir-Sariko'yda, Turkiya
Kasbi shoir, tariqatchi,
Ijod qilgan tillari Turk tili
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi

Yunus EmroXIII asrda yashagan turk shoiri. Uning hayoti haqida ma'lumotlar juda kam bo'lsa-da, she'rlari butun turk diyorlarida juda mashhur, oradan o'tgan salkam yetti yuz yil mobaynida sharq xalqlarining eng suyukli shoirlaridan biriga aylandi[1]. Ba'zi manbalardan va she'rlaridan uning 1240-yilda tug'ilgani, 80 yil umr ko'rgani, Eskishehir-Sariko'yda (hozirgi Yunus Emro) vafot etgani va shu yerda dafn etilgani ma'lum. Yunus Emro madrasa ta'limini olgan, arab va fors tillarini yaxshi bilgan, Qur'on va hadis ilmlarini chuqur o'rgangan, o'z davrining yetuk mutasavvuf olimi bo'lgan zot bo'lib, o'z falsafiy dunyoqarashi bilan o'sha davrning yirik, XIII asrda Xurosondan Anadoluga kelgan. U Hoji Bektosh Valiy va Taptuk Bobo (Taptuk Emro) kabi ustozlardan ta'lim olgan. U o'z she'rlarida Alloh va Rasuliga (s.a.v) sevgi haqida kuyladi. "Sevaman, sevilaman" deb yozgan shoir insonlarni, yaratiliqlarni sevish orqali Yaratgan sevgisiga erishish haqida yozdi.

Asarlari:

1. Risolatun-Nushiyya (O'git risolasi) - masnaviy shaklida, "Foilotun foilotun foilun" vaznida yozilgan axloqiy, diniy asar.

2. Devon. Yunus Emro devonining bir qancha qo'lyozma nusxalari mavjud.