Yunus Azizov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yunus Azizov (1860-1924) – me’mor va ganchkor usta. Me’mor Boqiyevning shogirdi. Dastlab masjid, Madrasa, hammomlarni qurishda qatnashgan. Soʻngra Kattaqoʻrgʻondagi Abdurahimboy madrasasi (1903), Jizzaxdagi Madrasa, Samarqanddagi Xoʻja Yusuf masjidi va boshqa binolarni qurishga rahbarlik qilgan. Ganchkorlik sirlarini mukammal egal-lagan, 1921–24 yillarda Tillakori madrasa va Minorai kalonni ta’mirlashda qatnashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil