Yunus
Qiyofa
Yunus (arabcha: يُوْنُس) — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Zunnun (arabcha: ذُو ٱلنُّوْن), yaʼni katta baliq (kit)ning hamrohi degan nom ham olgan. Bibliyadagi Ionaga toʻgʻri keladi. Qurʼonning 10-surasi uning ismi bilan ataladi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurʼonda Allohning yagonaligini tan olmagan oʻz qavmidan gʻazablanib, parvardigorning iznisiz shahardan chiqib ketgani, kemada qochgani, suvga tashlangani, uni katta baliq yutib yuborgani, Alloh uni qutqargani, soʻng u targʻibot olib borgan qavm bu dunyo jazolaridan qutulib qolgani haqida bayon etiladi. Qurʼondagi Yunus qissasida qavmni hidoyatga boshlashda sabr-toqatli, bardoshli boʻlishga daʼvat bor. Hozirgi vaqtda Yunusning qabri (Iroq, Mosul shahri yaqini) qadamjolardan hisoblanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Yunus“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Yu-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |