Yunayted press interneshonal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"YUNAYTED PRESS INTERNESHONAL" (YUPI) — AQSH informatsiya agentligi. Dunyodagi eng yirik agentliklardan. 1958 yil Yunayted press (1907) va Interneshonal Nyus Servis (1909) amerika agentliklarining birlashishidan tashkil topgan. Markaziy apparati Nyu-Yorkda. AQShda va jahonning deyarli barcha mamlakatlarida muxbirlari hamda maxsus byurolari bor.