Yumoreska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yumoreska (yumor soʻzidan) — hazilomuz, kichik hajmli, odatda, cholgʻu pyesa; skersota yaqin. Musiqada Yu. nomini R.Shuman ilk bor qoʻllagan (fortepiano uchun Yu., 1839; fortepiano triosi uchun Yu., 1842). Mazkur Yu.lar (nemis yozuvchisi Jan Pol asarlarida boʻlgani kabi) xayolchan, lirik va hazilchan lavhalardan tashkil topgan. E.Grig , A.Dvorjak, P.Chaykovskiy, S.Prokofyev, R.Shchedrin, Oʻzbekistonda V.Saparov (fagot va fortepiano uchun), Hab. Rahimov (puflama sozlar orkestri uchun) va boshqalar Yu. yozishgan.