Yumgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yumgʻon — oʻrta asrlarda Badaxshonning jan.-sharqida joylashgan tarixiy togʻli tuman va shahar nomi. 7-asr Xitoy manbalarida (Syuan Szan) Inpokyen mulki sifatida qayd etilgan. "Yumgʻon" atamasi "qama kon", yaʼni "hamma yeri kon" maʼnosini anglatgan, chunki ushbu togʻli tumanda turli-tuman katta konlar mavjud boʻlgan. Mahmud ibn Valining yozishicha, qadimda Y. butun Badaxshonning poytaxti boʻlgan. B. A. Ahmedovning fikricha, bu shahar hozirgi Fayzobod oʻrnida boʻlib, Juzun deb ham atalgan. Baʼzi manbalarga koʻra, mil. 861—862 y.larda Y. dagi qattiq zilzila natijasida shahar vayron etilgan. Biroq tez orada shahar tiklanib, 17-asrda mustahkam shahar sifatida maʼlum boʻlgan. taxminan 1059—63 y.larda mashhur shoir Nosir Hisrav Balxdan Y.ga qochib kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashagan. U bu yerda koʻplab ajoyib binolar, gʻaroyib inshootlar, jumladan, zamonasining moʻʼjizasi hisoblangan katta hammom qurdirgan, biroq 17-asr da hammom saqlanib qolmagandi. Nosir Hisrav vafotidan soʻng Y. yaqiniga dafn etilgan. 9—10-asrlarda, Somoniylar davrida Y.da zarbxona boʻlib, kumush dirhamlar zarb qilingan.

Adabiyot[tahrir]

  • Ahmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistona po yaraboyazichnim istochnikam IX - nachala XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil