Yuliya Shamalova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuliya Shamalova-Berkovich
Tavalludi 1-aprel 1964-yil
Samarqand, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRIsroil bayrogʻi Isroil
Taʼlimi Tel-Aviv universiteti

Yuliya Shamalova-Berkovich (1964-yil 1-aprel, Samarqand) – Isroil jamoat va siyosiy arbobi, Knessetning Kadima partiyasidan deputati.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuliya Shamalova 1964-yil 1-aprelda Samarqand shahrida tugʻilgan. 1979-yil 15 yoshida ota-onasi bilan Isroilga koʻchib ketgan.

U Quddusdagi Rene Kassin maktabini tamomlagan, keyin jurnalistika kurslarida tahsil olgan.

Yuliya Shamalova 1988-yilda Tel-Aviv universitetini tamomlab, ijtimoiy fanlar, ijtimoiy psixologiya va antropologiya boʻyicha birinchi ilmiy darajasini oldi.

1998-yilda Tel-Aviv universiteti biznesni boshqarish fakultetini tamomlagan va menejment boʻyicha magistr (MBA) darajasini oldi.

Y.Shamalova-Berkovich Isroil ommaviy axborot vositalaridagi faoliyatini 1988-yilda boshlagan. U Index Yerushalayim, Tel-Aviv va Ma Be-Fetah gazetalarida ishlagan.

1992-yilda u „Vesti“ gazetasining marketing boʻlimi boshligʻi, keyin esa bosh direktori boʻldi[1]. Tez orada „Vesti“ gazetasi haftalik nashrdan koʻplab mashhur boʻlimlarga ega rus tilidagi eng yirik va nufuzli Isroil kundalik nashriga aylandi. Nashrning „Trasurer“, „Charm“ kabi boʻlimlari boʻlgan.

2001-yil boshida Y.Shamalova-Berkovich Lev Leviyev nomidagi Isroil televideniyesining rus tilidagi „Israel Plus“ kanalini boshqargan. Kanal oʻz ishini 2002-yilning noyabr oyida boshlagan. Shamalova 2004-yil 10-fevralda kanalning reytingi pastligi va mavjud qarzlari sababli ishdan boʻshatildi.

Yuliya Shamalova televideniyani tark etgach 2004-yildan boshlab biznes va ijtimoiy faoliyatda faol ishtirok etmoqda. Xususan, u Butunjahon sionistik kongressi prezidiumi aʼzosi boʻlgan, Isroil tadbirkorlari assotsiatsiyasining repatriantlar tashabbuslari boʻyicha komissiyasiga rahbarlik qilgan, bir qancha yirik kompaniyalar direktorlar kengashlari aʼzosi boʻlgan.

Shu bilan birga, u siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. Ariel Sharon Yuliya Shamalova-Berkovichni Kadima partiyasida ishlashga jalb qildi. 2006-yilda u „Kadima“ harakatining strategiya va rivojlanish boʻyicha bosh direktorining oʻrinbosari etib tayinlangan, biroq besh oydan soʻng ishdan boʻshatilgan.

U Kadima partiyasi aʼzosi sifatida 17-Knesset saylovida qatnashdi[2].

2009-yil 6-iyulda 18-Knessetga aʼzo boʻldi.

Ijtimoiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur sionist boʻlgan Y.Shamalova-Berkovich Isroil dunyodagi barcha yahudiylar uchun eng sevimli yashash joyiga aylanishi kerak, deb hisoblaydi. Uning orzusi har bir yahudiy uchun, qayerda yashashidan qatʼi nazar, Isroilda oʻz uyiga ega boʻlishidir.

Shamalova-Berkovich iqtisodiy barqarorlikning asosiy shartlaridan biri sifatida Isroilni mineral-xom ashyo resurslari boʻlmagan taqdirda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va texnologiyalari, ilmiy bilimlar va yuqori sifatli mahsulotlar bilan taʼminlay oladigan eksport davlatiga aylanishini koʻradi.

Yuliya iqtisodchi Yehezkel Berkovichga uylangan. Ularning ikki farzandi bor – oʻgʻli Shahaf va qizi Nuel[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hoffman, Gil. Ramon to quit Knesset today after 26 years. The Jerusalem Post (2009-yil 29-iyun), s. 1. „Ramon will be replaced by the next person on the Kadima list, Yulia Shamalov-Berkovich, a former deputy director-general of the party and a founder of an Israeli Russian-language newspaper (Vesty) and television station (Israel Plus - Channel 9) who has lived in Israel since 1979.“.
  2. Center-Left fails to unite; no serious contender for PM The Jerusalem Post, 6 December 2012
  3. MK Yulia Shamalov-Berkovich sworn in to Knesset Ynetnews, 6 July 2009

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]