Yulduzlararo muhit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yulduzlararo muhit — Galaktikamizning yulduzlararo fazosidagi materiya; uning tarkibi, asosan, vodorod gazi, chang , magnit maydon va elektromagnit nurlanishdan iborat. Zichligi har yerda turlicha, massasi Galaktika toʻliq massasining 2—3% ini tashkil qiladi. Yulduzlararo muhitda turli molequlyar bulutlar va gazchangdan iborat tumanliklar ham kuzatiladi. Ayrim Yulduzlararo muhit (mas, Orion va Omega tumanliklari) da modsaning quyuqlashishi natijasida yulduzlar tugʻilish jarayoni yuz bermoqda. 1685 yildayoq N.Pyuton gaz bulutining qisilishi natijasida Quyosh vujudga kela olishini aytgan. Bu fikrni 1902 yilda ingliz astronomi J.Jins nazariy isbotlagan. Yulduzlararo muhitning mavjudligini 1904 yilda birinchi marta nemis olimi I.Gartman kuzatgan. Yulduzlardan kelayotgan nur Yulduzlararo muhitda qisman yutiladi va undan qaytadi. Nur yutilishi tufayli bir spektral sinfdagi bizdan turlicha masofada joylashgan yulduzlarning spektral tarkiblari har xil boʻladi. Uzoqdagi yulduz yaqindagiga qaraganda qizilroq boʻlib koʻrinadi.

Kuzatuvlarga koʻra, Yulduzlararo muhit asosiy massasining 80% ini vodorod gazi, taxminan 18% ini geliy gazi tashkil etadi. Qolgani boshqa kimyoviy modsalardan iborat. Vodorod gazi fazoda ikki xil holatda uchraydi: 1) ionlashmagan neytral vodorod N1 soha. 2) ionlashgan vodorod NN soha. N1 soha oʻzidan 21 sm toʻlqin uzunlikda radionurlanish tarqatadi va radioteleskop orqali spiral tarmoqlar sifatida koʻrinadi. Ushbu gaz qatlami Somon Yoʻli boʻylab maksimal zichlikka ega boʻlib, uning oʻrtacha qalinligi 200 parsek. Ionlashgan NP soha qaynoq yulduzlar atrofida uchraydi. Ularning asosiy qismi Galaktikamiz markazidan 4000— 7000 parsek oraligʻida halqasimon tarzda kuzatiladi. NN sohaning oʻrtacha temperaturasi 8000 K gacha yetadi. Yulduzlararo muhit ning chang zarrachalari aslida yulduzlar atmosferasining eng "sovuq" qismlarida vujudga kelib, yulduz shamoli taʼsirida fazoga tarqaladi. Bu changlarning oʻrtacha oʻlchami 0,0001—0,001 mm oraligʻida. Chang oʻzagi grafit yoki silikatdan iborat boʻlib, oʻzak turli molequlalardan tashkil topgan muz qatlami bilan oʻralgan. Chang moddasining Yulduzlararo muhitdagi zichligi undagi gaz zichligidan 0,001 marta kichik.