Kontent qismiga oʻtish

Yulduz Rizayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yulduz Rizayeva
Tavalludi 26-dekabr 1926-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Yulduz Akromovna Rizayeva (1926-yil 29-dekabr, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR — ?) — oʻzbek aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. „Tohir va Zuhra“ filmidagi Zuhra roli bilan tanilgan.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yulduz Rizayeva 1926-yil 29-dekabrda Fargʻonada tavallud topgan. Maktabni tamomlagandan keyin Toshkent kinostudiyasi qoshidagi kinoaktyorlar maktabiga oʻqishga kiradi va bu maktabni 1946-yilda tugatadi. Shu yildan boshlab kinostudiya aktrisasi boʻlish ishlay boshlagan. 1953-yilda Aleksandr Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatrshunoslik fakultetini bitirgan. 1954-yilda Toshkent kinostudiyasida muharrir, 1960-yilda Oʻzbekfilm kinostudiyasida dublyaj guruhi muharriri sifatida faoliyat olib borgan.

Yulduz Rizayeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni, SSSR kinematografiyasi a’lochisi nishoni, 1998-yilda „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan