Yukatan
Qiyofa
Yukatan — Markaziy Amerikadat yarim orol, Meksika qoʻltigʻi bilan Karib dengizi oraligʻida. Asosiy qismi Meksikaga (Yukatan shtaty), jan.sharqiy qismi Gvatemala va Belizga qarashli. Mayd. 180 ming km²chamasida. Hududining katta qismi pasttekislik, janubi-sharqida Mayya togʻlari (eng baland joyi 1122 m) bor. Karst keng tarqalgan. Iqlimi issiq, tropik passatli iqlim. Yillik yogʻin 500–2000 mm. Kserofit butalar, siyrak oʻrmonlar, markaziy qismi va janubida doim yashil tropik oʻrmonlar bor. Agavaxeneken, sitrus oʻsimliklar plantatsiyalari barpo qilingan, paxta, makkajoʻxori ekiladi. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Kampeche, Progreso portlari (Meksika) bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |